Daler bir qator kinokartinalarda rol ijro etib kelayotganidan
ko'pchilikning xabari bor. Endilikda esa biz Dalerni serialda ham
ko'ramiz! Yosh ijodkorning borgan sari qirralari ochilib bormoqda.
Qiziq, Dalerdan yana nimalar kutsak bo'ladi?
31 dekabrdan
e'tiboran soat 18:50da "O'zbekiston" telekanalida Daler ishtirokidagi
"Mehribonim" nomli yangi teleserial namoyish etila boshlaydi. Umid
qilamizki, mazkur serial ham o'z tomoshabinlarini topadi. Dalerning
kelajakdagi ijodiy izlanishlariga esa zafarlar tilab qolamiz.