Главная » 2011»Март»20 » Coca-Cola AQSh bozorida Pepsiga “non” qoldirmoqchi emas
21:38
Coca-Cola AQSh bozorida Pepsiga “non” qoldirmoqchi emas
Coca-Cola kompaniyasi Amerikaning salqin ichimliklar bozorida yana
bir g‘alabaga erishdi. Diet Coke (yoki Light Coke) deya nomlangan salqin
ichimlik, ya’ni klassik ichimlikning parhezli versiyasi, AQShda sotuv
hajmi bo‘yicha o‘zining asosiy raqibi Pepsini dog‘da qoldirib, ikkinchi
o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Beverage Digest tadqiqot kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2010-yilda AQShda jami 927 mln. butilka Diet Coke sotilgan. Xuddi shu davrda Pepsi esa 892 mln. butilka sotilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Coca-Cola ichimligining klassik varianti
hanuz okeanorti chempionligini o‘zida saqlab turibdi. O‘tgan yilda
amerikaliklar 1,6 mlrd. butilka Coca-Cola iste’mol qilishgan.
Shunday qilib, AQSh salqin ichimliklar bozori quyidagicha tartibda egallangan: