CHORSHANBA, 2025.07.16, 03:06
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Октябрь » 15 » BUNI BILASIZMI?
21:16
BUNI BILASIZMI?

Inson hayotida vitaminlar organizm uchun muhim rol o‘ynaydi. Qaysidir vitaminlarni yetishmasligi oqibatida organizmda kasallikka moyillik uyg‘onadi. Ayollar uchun esa qaysi vitamin nima uchun kerakligini bilish nihoyatda zarur. Vitaminlar va kosmetologiya o‘zaro uzviy bog‘liq. Organizmingizdagi o‘zgarishlarga qarab qanday vitaminlar yetishmayotganligini bilib olasiz. Shunga qarab o‘z taomnomangizni tuzishingiz mumkin.

 

Vitamin A: Bu vitamin teri, sochlar va tirnoqlar uchun juda kerakli. A vitamini yetishmasa teringiz dag‘allashadi, teri tez quruqshab, ko‘chadi. Sochlaringiz quruqshab, tez sinadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin baliq yog‘i, buyrak, jigar, sabzi, o‘rik va qarolida ko‘p bo‘ladi.

 

Vitamin B1: Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘’tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Bu vitamin sut, mol go‘shti, cho‘chqa go‘shti, no‘xat, kartoshka, yurak, jigar va buyrakda ko‘p bo‘ladi.

 

Å:

Vitamin B2: Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi. Lab va og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin xamirturush, tuxum sarig‘i, sut, jigar, buyrak, baliq, go‘sht va tovuq go‘shtida ko‘p bo‘ladi.

 

Vitamin B3: Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. U barcha turdagi o‘simlik va go‘shtlarda bo‘ladi.

 

Vitamin B6: Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko‘p bo‘ladi.

 

Å:

Vitamin B9: Hamma ichki organlar, teri va soch to‘kilmasligi uchun zarur. Bu vitamin lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam, tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi.

 

Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zurur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.

 

Vitamin C: Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun zarur. Bu vitamin barcha tsitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam, petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi.

 

Yuqorida berilganlarga qarab o‘z organizmingizda qanday vitamin yetishmayotganligini bilishingiz mumkin. Yuqoridagilarga qarab kerakli mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Umid qilamizki, bu ma’lumotlar sizga o‘z jozibadorligingizni saqlab qolish uchun yordam beradi.

 

 

ß:

Парранда гўштида А витамини, В1 витамини мавжуд. Мол жигарида ҳам айнан мана шу витаминлар кўп миқдорни ташкил этади.

 

Оддий товуқ тухуми А, В1 ҳамда С витаминларига бой ҳисобланади.

 

Сигир сути, қаймоқ, сметана, ёғли пишлоқлар таркибида эса А ва В1 витамини бор.

 

Сабзавотлардан бақлажон, кўк нўхат, карам, кўк пиёз, сариқ сабзиларда С витамини бор.

 

Қизил сабзида эса каротин, В1, В2, РР ҳамда С витаминлари мавжуд.

 

Ҳар куни истеъмол қиладиган сабзавотимиз картошка эса В1, В2, РР ва С витаминларига бойдир.

 

ß:


Бодринг, редиска, турп, шолғом, қизил лавлаги, помидор, қовоқ, исмалоқ таркибида оз миқдорда каротин ҳамда С витаминлари бор.

 

Айнан шу моддалар яна ўрик, туршак, тарвуз, апельсин, узум, олча, нок, қовун, лимон, малина, мандарин, шафтоли, олхўри, қора смородина, олма каби мевалар таркибида ҳам учрайди.

 

Болалар севиб тановул қиладиган сариёғ маҳсулоти таркибида А витамини мавжуддир.


Қандли қуюлтирилган сут таркибида эса деярли барча витаминлар, яъни А, В1, В3, РР ва С витаминлари бор.

 

Олий навли буғдой уни таркибида кўп миқдорда РР витамини бўлади.

 

Жавдар унида эса В1, В2 ҳамда РР витаминлари мавжуд.


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR | Просмотров: 3704 | Добавил: JAVOXIR | Теги: BUNI, Bilasizmi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Октябрь 2010  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz