ANTIQA KO‘PAYTIRUV VA JAVOB Matematikada antiqa ko‘paytiruvlar ko‘p
uchraydi. Quyida ham ana shundaylardan biri bilan tanishasiz.
111111111x 111111111= 12345678987654321. XITOY YANA BIRINCHI
Ma'lumki, Xitoy bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishchi kuchiga ega
bo‘lgan davlat sanaladi. Xususan, ushbu mamlakatda 706 million ishchi
kuchi mavjud. Bu esa butun Yevropa ahlidan uch, Shimoliy va Janubiy
Amerika qit'alari aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir. BOY VA SAXIYLAR
Olimlar lyuksemburgliklarni, aholi soniga hisoblaganda, jahondagi eng
boy odamlar deb topishdi. Qiziqarlisi, sayyoramizdagi eng saxiy
kishilar ham mazkur davlat fuqarolari sanalarkan. MILLION KISHIGA UCHTA NOBYEL
Eng iste'dodli kishilar irlandiyaliklar deyishmoqda olimlar. Ularning
aytishlaricha, har million irland fuqarosiga uch nafar Nobel mukofoti
sovrindori to‘g‘ri kelishi bunga yaqqol misol bo‘la olar ekan. SUPERSHAHARLAR
Shaharda yashashni xohlaysizmi? Unda: Gvadelupa, Gibraltar, Monako,
Nauri, Singapur va Bermud shaharlarini tavsiya etamiz. Sababi, bu
maskanlar 100 foiz shahar talabiga javob beradigan dunyodagi sanoqli
joylardir. TASODIFIY BILIM Kanada va amerikaliklar
antiqa ma'lumotga duch keldilar. Unga ko‘ra, Kanada aholisining 5 foizi
o‘z yurti madhiyasining boshidagi besh so‘zni bilmas ekan. Biroq
Amerika madhiyasining boshidagi to‘qqizta so‘zni Kanadaning shuncha
foiz aholisi bilarkan. Amerikaliklarning ham 7 foizi o‘z madhiyasining
birinchi to‘qqizta so‘zini bilmaydi, lekin shuncha foiz aholisi Kanada
madhiyasining boshidagi yetti so‘zni biladi. ENG TILI UZUN HAYVON
Jirafa nafaqat bo‘yi, balki tili ham eng uzun hayvonlardan biri bo‘lib,
tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini
tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat - ko‘pchilikning nazdida tuya
suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar
jirafaning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi
mumkinligini isbotlashdi.
|