SESHANBA, 2025.06.24, 11:40
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 14
MEXMON 14
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Декабрь » 9 » "БОЛАЛАР"НИНГ ЮБИЛЕЙИДАН МАХСУС РЕПОРТАЖ
07:38
"БОЛАЛАР"НИНГ ЮБИЛЕЙИДАН МАХСУС РЕПОРТАЖ


2010 yil 4 dekabr soat 19-00larga yaqin havo salqin bo`lishiga qaramasdan New Yorkdagi "Millenium" konsert zali atrofiga odamlar yig`ila boshladi. Ayrimlarning qo`lida gullar ham bor edi. Odamlarning yig`ilishiga sabab nafaqat O`zbekistonda balki Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida mashhur bo`lgan, 20 yildan ziyodroq vaqt davomida faoliyat yuritib kelayaotgan "Bolalar" guruhi New Yorkda ilk bor konsert berayotgandi. Konsert belgilangan vaqtdan bir oz kechikib boshlandi, bunga sabab ushbu konsertga New Yorkdan tashqari boshqa shtatlardan ham muxlislar tashrif buyurishi bo`ldi. Konsert davomida Amerikaning Florida, New Jersey, Pensilvaniya, Washington DC, New York kabi shaharlaridan muxlislar tashrif buyurganining guvohi bo`ldik. 

Bolalar guruhuning konsertida zal liq to`lmasada, ya`ni anshlag darajasida odam ko`p bo`lmasada, konsert juda ko`tarinki ruhda o`tdi. Konsertda "Bolalar" guruhining solisti Tohir Sodiqov va guruh a`zolari o`zlarining mahoratlarini ko`rsatishdi. Shu o`rinda, Tohir Sodiqovning qobiliyatiga tan bermasdan ilojimiz yo`q, Tohir salkam 3 soat qo`shiq kuylash bilan birga, o`zini sahnada qanday tutish kerakligiyu, muxlislar bilan sahnada turib ularning ko`ngliga kira bilish qobilayatini ham namoyon qildi. U konsertda ijro etilgan har bir qo`shiqdan keyin sahnadan turib muxlislar bilan gaplashib, hazillashib ularni o`ziga qarata bildi. "Bolalar" guruhining qo`shiqlarini muxlislar Tohir bilan birgalikda jo`r bo`lib ijro etishdi.

Keling konsert davomida sodir bo`lgan ayrim qiziqarli voqealarga to`xtalib o`tsak:

Konsert boshlangandan chamasi 15 daqiqalar o`tgach, navbatdagi qo`shiq tugashi bilan "Bolalar" guruhining gitarachisi Temur aka Tohirning qo`lidan mikrafonni olib gitara uchun o`rnatilgan monitorni ovoz uskunalariga mas`ul shaxsga tekshirib qayta ulashni aytdi. Shunda Tohir mikrafonni olib noqulay vaziyatdan chiqish uchun "Temur aka gitarangizni chalib tekshirib ko`ringchi"-deb kuldi. Albatta bu paytda monitor ishlayotgandi. Muxlislar qarsak chalishdi. "Biror narsa chalib beringda endi"-deb Tohir hazil qilshi bilan gitarachi Temur aka bir kuyni gitarada chala boshladi bu paytda esa gitaraga udarnik chalayotgan sozanda Tofik aka ham qanaqadir usullarda udarnigini chalib qo`shildi, bu yog`iga sozandalar improvizatsiya qilib ajoyib bir kuyni chala boshlashdi. Zalda o`tirganlar qiyqirishib o`rinlaridan turib ketishdi, chunki ko`pchilikka yoqqandi. Sozandalar o`zlarining qobiliyat egalari ekanligini ko`z-ko`z qilishdi.

Tohir konsert davomida "Qani New York-deb muxlislarni raqsga tushishga taklif etdi. Lekin muxlislarni o`ynash uchun o`rinlaridan turg`azish oson bo`lmadi, yana o`sha sozandalarning mahorati bilan raqsbop musiqa chalinganda ko`pchilik muxlislar raqsga tusha boshlashdi, Tohir ham o`zining qo`shiqlari bilan sahnada raqsga tushib muxlislarga qo`shildi.

Eng qizig`i konsert paytida Tohir inglizcha so`zlarni aytib muxlislarni hayron qoldirdi.

Konsert so`ngida Tohir Sodiqov o`zbek san`atini dunyoga tanitishda qo`shgan hissasi uchun New Yorkda faoliyat yuritayotgan Uzbek New York TVning faxriy yorlig`i hamda "Ozbek tashshbusi" guruhining maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Konsert tugagach Tohir bilan sur`atga tushish uchun muxlislar navbat kutishib qator hosil qilishdi, Tohir esa muxlislari bilan xuddi yaqin kishisidek xursand bo`lib yuzida kulgu bilan sur`atga tushdi.

Hullas hamma xursand. Dunyoga mashhur san`atkorlar konsert berib qo`shiq kuylagan New Yorkdagi sahnada konsert berish Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhiga nasib etdi. Konsert bo`lganda ham oddiy, zerikarli konsertmas, balki mazmunli, qiziqarli voqealarga boy konsert muxlislarga taqdim qilindi. Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, New Yorkda konsert berish Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhiga rosa yarashdi. Biz Amerika Qo`shma Shtatlarida istiqomat qilayotgan barcha muxlislar nomidan Tohir Sodiqov va "Bolalar" guruhi ijodiga baraka tilaymiz.



Nyu-Yorkdan Dilshod Zokirov


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1327 | Добавил: BEKO | Теги: репортаж, БОЛАЛАРНИНГ, ЮБИЛЕЙИДАН, МАХСУС | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz