
Erkaklar biz haqimizda
1.ISH BIRINCHI O'RINDA. Bunday ayollar mavqei uchun har ishga tayyor bölishadi,oila esa ular uchun ikkinchi darajali bölib qoladi. Unga hatto,yarim tunda qöng'iroq qilib maslahat sörashlari,körsatma olishlari mumkin.Bunday ayollar boshqarishni yoqtirishadi.Doimo yuqorida bölishni istashadi.Undan biroz hayqishlarini,tobe bölishlarini xohlashadi.Er esa u bilan baxslashish ham qörqadi.Shunday ayol bilan turmush qurganlar köpincha mehrni chetdan izlay boshlashadi. 2."OVCHI" AYOLLAR. Bu gözal,didli,erkakni bir qarashdayoq öziga rom eta oladigan ayoldir.Uning maqsadi bitta: tezroq turmushga chiqish.Niyatiga yetganda esa birdaniga özgaradi.Öziga qaramay qöyadi,hatto eriga befarq böla boshlaydi. 3."QOR MALIKASI". Ular köpincha juda gözal bölishadi.Yigitlardan öz maqsadlari yölida foydalanishda ustasi farang.Qattiqqöl va tadbirli.U na hayotdan,na muhabbatdan lazzat oladi. 4."ONAXON". Yaxshi beka,ona,xotin.Ovqatlantirishmi,kir yuvishmi,bolalar bilan dars qilish deysizmi - barchasiga ulguradi.Qizig'i shundaki,köpincha bunday ayollar oila xöjayinlarini be'etibor qoldirishadi. 5."HECH KIM" XONIM. Erining barcha istaklarini bajarishga tayyor,doimo erining fikrini maqullaydi.Erini yoqotishdan qörqib uning chizgan chizig'idan chiqmaydi va bora bora hech kimga aylanadi. 6.XUDBIN AYOLLAR. Faqat özlarini deyishadi.Oq narsani bila turib qora deyishadi.Bunday ayollar hech kimning fikrini mensimaydi.Erkak kuchkli bölsa uni tashlab ketadi,landovur bölsa,umrining oxirigacha u bilan qiynalib yashaydi. 7.INJIQLAR. Ayolga noz qilish yarashadi.Biroq buning ham me'yorini bilish kerak.Aks holda,ayol injiq,deb sanalishi mumkin.Injiqlar esa tabiiyki hech kimga yoqmaydi. 8.ZERIKARLI AYOLLAR. Faqatgina özi yoki turmush tashvishlari,ovsinlar,qöshnilar haqida gapiradigan ayollar tez zeriktiradi.Erkakning qiziqishi haqida gaplashishga tayyor turgan xotinning sadaqasi ketsang arziydi.
|