 BIRINCHI…
Birinchi… Shu so`z yuragimga iliqlik bilan tashrif buyurgan va yuragimning ildizlari bilan qo`shilib tutashib ketgan. Ilk bor maktabga borganim, ilk bor maktabni bitirganim, ilk bor seni uchratganim, ilk bor sevib qolganim… Birinchi muxabbat… Bu so`zni eshitish, insonga shunchalik rohat beradiki, bu so`zni aytganingda ovozing xam jaranglab chiqadi. Chunki bu so`zni eshitganda xam aytganda xam butun vujud ishtirok etadi. Birinchi muhabbatim! Mening yuragimga shunchalar muxrlanib qolganki… Armon so`zi bilan birgalikda eslasamda, bu so`z men uchun juda juda qadrli va juda zavqlidir. Birinch muhabbat, menga o`ylashni o`rgatdi, menga sog`inishni, g`am chekishni, nafratni,kutmoqni, yashashni o`rgatdi. Ilk taasurotlarni ko`pchiligini muhabbat orqali xis qildim. Menga shuncha narsalarni o`rgatgan birinchi muhabbatimni xech qachon unuta olmasam kerak. Birinchi muhabbatimni eslaganimda u bilan bog`liq bir sher yodimga tushadi… Gar dunyoni tark etar bo'lsam, Mayin uchar shamol bo'laman. SHunda senga sokin kuy ila, Sevishimni ayta olaman. Sen dunyoni tark etar bo'lsang, Mendan olis quyosh bo'lasan. SHunda iliq tafting ila, Zor qalbimga bardosh berasan. Faqat sen dunyoni tark etma, Toki birga bo'laylik doim. Tongda shamol essa betinim, Bilginki, sen bilanman, JONIM.
Bu sherni ilk xatida u menga yuborgan edi. Bu sher men uchun iloxiy ko`rinadi. U bilan bog`liq xamma voqeani qadrlayman. Gar xozir yonimda bo`lsa uni xecham xafa qilmasdim, undan xecham jaxlim chiqmasdi. U qanchalik yiroqda bo`lmasin mening dilimga juda juda yaqin. Uni dilimdan chiqargan unutgan kuni xayotim bilan vidolashganim degani. Shuning uchun uni xech qachon unutishni xoxlamayman. Mening birinchi bora topganim, yo`qotganim, mexr qo`yganim, ardoqlaganim va birinchi bora sevganim….
|