
...Dovon osha ketyapmiz. Ҳaydovchi yoshgina yigit ekan. Gap-so`zlaridan yaxshi insonga o`xshaydi. Jo`l bo`yi mazmunli qo`shiqlar eshitib keldik. Shovqinxo`rlar olamidan juda zerikkanim uchunmi, bu hol menga ma`qul bo`ldi. Mahzun musiqa ruhimni allalayotganday edi. Hamrohlarim ham ortiqcha gapirmas, yo`lda zerikishdan bo`ladigan g`iybatnamo gaplar yo`q...
Bir payt yo`l tirband bo`lib qoldi. Mashinalar ko`p. Ҳamma manzilga tezroq etib olish istagida. Biz o`tirgan temir ulov uzun qatordan joy oldi. O`tishga navbat kutyapmiz. Kimdir baqira boshladi: «Tezroq o`tmaysanmi, o`v?! Sen qayoqqa suqilyapsan?.. Ҳozir basharangni...» Quloqlarimga ishonmadim. Baqirayotgan bizning haydovchi edi. Boyagi ochiq chehrasidan asar ham qolmagan, ancha qo`pollashgan, ko`zlarida g`azab uchqunlari bor edi. Dilim g`ash tortdi. Jo`q, ko`pam kutmadik. Oz muddatdan so`ng mashinalar o`z «o`zan»iga tushib oldi. Nazarimda, yo`l kengayib ketganday edi. Shunda chap ko`ksimda bir nima yarq etganday bo`lib, birdan yarim yumuq ko`zlarim ochilib ketdi. Ҳaydovchi qiyofasida o`zimni ko`rayotgan edim. Ҳa, imkon qadar ibodatlarni ado etamiz. Xayr-ehson qilamiz. Go`yo zimmamizdagi farzlarni chiroyli tarzda bajarayotganday xotirjammiz. Ammo... qutulishimiz kerak bo`lgan illatlarimiz hali ko`-o`-o`p. juda besabrmiz. Salomat ekanimizga shukr aytish esimizga kelmaydi, lekin jinday yo`taldan shikoyat qilamiz. Ota-onamiz, yaqin kishilarimizga qo`pol munosabatda bo`lamiz. Biror musibat etsa, darrov nolishga tushamiz. O`zgaraveramiz, o`zgaraveramiz... Afsuski, har lahzada sinovda ekanimizni, har lahza sinovligini bilib turib, bilmagandaymiz. Yaxshiyamki, ulug` Rabbimiz so`nggi nafasgacha tavba qilish imkonini bergan. Tavbayu istig`for qilib, yolg`iz Undangina so`raylik: bir lahzada mutlaqo boshqa maxluqqa aylanib qolishdan O`zi asrasin!
Marifat gulshani gazetasi
|