Bir kun sizni tashlab ketaman, Yuragingiz tig'lab qolasiz. Yashirasiz hammadan, ammo, Ko'zlaringiz yoshlab qolasiz.
Bir kun sizni tashlab ketaman, Vijdoningiz amriga qo'yib. Parvoyingiz kelmaydi balki, Ayriliqni sinovga yo'yib.
Bir kun sizni tashlab ketaman, Ushalmagan va'dalar uchun. Ortiq sizni qilmayman bezor, Kengayadi siz uchun ochun.
Bir kun sizni tashlab ketaman, Yolg'iz yorlik armonim quchib. Bevafolik tilgan yuragim, Ketmasidan qoniga cho'kib.
Sizni shunday tashlab ketaman, Mingta yorga qolar kuningiz. Qadringingizni bilmagach o'zga, Yolg'izlikda o'tar tuningiz. Bir kun sizni tashlab ketaman!!! ASLZODA DADA QIZI