Kitobni xor qilishning 1001 ta usuli bordir,
ammo bunisi juda chiroyli chiqadi. Buning uchun bitta keraksiz kitob
(shunaqasi ham bo'ladimi? yaxshilab izlasa topiladi..), qaychi, pichoq, qalam, biron soat bo'sh vaqt va bunisi juda muhim - fantaziya
talab qilinadi. Kitob qalin muqovali bo'lishi, va yaxshi ochilib
turishi kerak. Quyida berilgan suratlarda shunaqangi ajoyib ishlar
berilganki, ular xuddi muzey eksponatlariga o'xshaydi. Buni o'sha eski
kitoblarning ikkinchi, yanada yorqinroq hayoti desa bo'ladi.

Tungi shahar. Masxaraboz arava sudrab ketmoqda.
Yigit ma'shuqasini shorlamoqda.

Bog' ichra raqqosalar.
Xazonrezgi.
Bunisi yo qaroqchilar sardori yoki rus podshosi Pyot I ga ham o'xshab ketar ekan..
Barglari kapalaknusxa daraxt.
Kitob sahifalaridan kapakalaklar chiqib, charx urib osmonga ko'tarilayotir.
Tog' yonbag'rida uylar, daraxtlar, ularning orasida odamlar bolalari bilan sayr qilishmoqda.
Yarim tun.. qish.. tashqarida bo'ri uvillaydi.. Uyning ichida esa kimdir pechkani oldida isinib o'tiribdi..
Alisa mo'jizalar mamlakatida. Bazm dasturxoni, mehmonlar hali to'planishmagan.
Yarim tun, o'rmonda kimdir gulxan yoqqan.. Qushlar kechasi nima qilib yurishibdi o'rmonda?!
Cherkov va uning yonida chiroyli bino. Qoyil qolish kerak ustaning mahoratiga!
O'rmon qaroqchilari sardori Robin Gud bir savob ish bilan qayoqqadir shoshilmoqda..
Buratino, sher yetaklab ketayotgan shlyapali amaki.. g'alati manzara..
Bu qiz kamin ustidagi oynani
tozalayapti chog'i.. Chap sahifaga e'tibor qiling, qizning tasviri
qirqib olingan va ustalik bilan qayta ishlangan. Tasanno!
Tog' yonbag'ri, to'lin oy, qishloq cho'ponining kamtarona kulbasi ko'zga tashlanadi.. Idilliya!
Tepalik ustidagi bino - Graf Monte Kristo bandi etilgan qal'aning ayni o'zginasi.
|