| 
 Bilsang edi hayotimda paydo bulib, 
  Menga qanday baxt va quvonch ulashganing Bilsang edi, g’am-armonim uzoq ketib
 Faqat shodlik atrofimni qamraganin
 Har bir gaping aytmasingdan oldin sezib-
 Seni kimdir eshitsayu, tushunsa baxt.
 Eh, qaniydi uchratsaydim seni avval
 Behudaga yoshlar ila siqilgan vaqt.
 Mayli o’tgan- o’tdi deb ko’p aytar edim,
 Lek ne qilay o’tmishimga qaram edim.
 Endi bugun ming bor shukur seni topdim,
 Qiyin yo’l ozorin bir dam unutdim.
 Maroq erur senla suhbat qurishim
 Orzular qo’ynida parvoz qilishim
 Ishon, bayram misol- shodiyonadir-
 Suhbat qurib, seni qayta ko’rishim!
 Haqiqatdan tasodifga boy dunyo
 Shodligidan sinovi bisyor dunyo
 Sizni sinab bugun tordek tuyulsa,
 Ertasiga mukofoti tayyor dunyo.
 Lek baribir yashayapmiz, bor dunyo
 Intilamiz, bu bizga nasib dunyo.
 Bag’ri kengga keng, torlarga tor dunyo
 Izlayversang sirlari ko’p g’or dunyo.
 Chin yurakdan niyat qildim bugun men
 Ijobatin ko’ra olsam bas dunyo!
 Seni uchratganimchun men baxtiyorman,
 Hayotimda senday insonlar jam bulishsin iloho!!!
 
 |