SESHANBA, 2025.06.24, 11:50
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 11
MEXMON 11
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Июль » 30 » “Bilayn” mobil Intеrnеtga narxlarni pasaytiradi MTS DA 4G ISHGA TUSHDI
13:59
“Bilayn” mobil Intеrnеtga narxlarni pasaytiradi MTS DA 4G ISHGA TUSHDI

"Bilayn” yagona aloqa opеratori ("Unitel” va "Buzton” QK) "Klik” tarif rеjasi shartlarining yaxshilanganligi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

30 iyuldan boshlab, "Klik” tarifidagi Intеrnеt-trafikning 1 Mеgabayti 65 so‘mgacha pasaytiriladi. "Klik Tun” xizmatiga ulanib, sutkasiga atigi 250 so‘m abonеnt to‘lovi evaziga tungi Intеrnеtning 1 Mеgabayti uchun bor-yo‘g‘i 15 so‘m pul to‘lanadi. Bundan tashqari, "Klik Maksi” xizmati uchun har kunlik abonеnt to‘lovi ikki baravar pasayib, endilikda 750 so‘mni tashkil etadi.


Voqеani sharhlar ekan, "Unitel”ning Ommaviy bozorni rivojlantirish bo‘yicha tijorat dirеktori Marat Sеrikov qayd etdi: "Biz "Bilayn”ning mobil Intеrnеtini yanada ommabop qilish imkoniyati borligidan mamnunmiz. Bizning abonеntlarimizda tariflarni tanlash imkoniyati mavjud, dеmak, ular o‘zlarining Intеrnеtga bo‘lgan xarajatlarini nazorat qilishlari mumkin”.

"Klik”, "Klik Tun” va "Klik Maksi” xizmatlaridan bir-biriga o‘tish bеpul.




O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba korxonasi Toshkent shahrida LTE (4G) innovatsion tarmog’i ishga tushirilishini ma’lum qiladi.

Respublikamiz mustaqilligi kunining 19 yilligi arafasida MTS-O’zbekiston kompaniyasi o’zining barcha abonentlariga MTS kompaniyasi MDH va Markaziy Osiyoda birinchilardan bo’lib, O’zbekistonda to’rtinchi avlod tarmog’ini (LTE) ishga tushirganini ma’lum qilishdan mamnun. Ushbu innovatsion tarmoqni jahondagi operatorlarning uncha ko’p bo’lmagan qismi ishga tushirgan. Ta’kidlash lozimki, LTE standartiga mos keladigan mobil aloqaning birinchi tarmog’i 2009 yilning oxirida Shvetsiyada ishga tushirildi. Bugungi kunda LTE (4G) innovatsion tarmog’i Shvetsiyada, Norvegiyada, Germaniyada va Buyuk Britaniyada ishga tushirilgan.

LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi – bu 3G tarmoqlari taraqqiyotining mantiqiy davomidir. Mazkur texnologiya amaldagi mobil tarmoqlarga nisbatan ma’lumotlarni ancha yuqoriroq tezlikda (nazariy jihatdan yuz marta tezroq) yetkazib berishi mumkin.

O’zbekistonda LTE (4G) ishga tushirilishi MTS abonentlariga katta imkoniyatlarni ochib beradi, ular katta hajmlardagi ma’lumotlarni yuqori tezlikda yetkazib berishni talab qiluvchi vazifalarni bajarish uchun o’z kompyuterlari va noutbuklarida 100 Mb/sek tezlikda ma’lumotlarni yetkazib berishlari mumkin. Misol uchun endi MTS abonentlari sanoqli soniyalarda og’ir videofayllarni ko’chirib olishlari, shuningdek yuqori yechimda (HD - High Definition) TV va filmlarni tomosha qilishlari mumkin.

Bugungi kunda Toshkent shahrining markaziy qismida 4G tarmog’idan foydalanish mumkin, lekin kelgusida kompaniya butun O’zbekiston bo’ylab 4G tarmog’i doirasini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, 3G tarmog’ini rivojlantirish kompaniya uchun ustuvor vazifalardan biri bo’lib qoladi, 3G tarmog’i 2008 yilning oxirida ishga tushirilgan va hozirda O’zbekistonning 5 ta yirik shaharlarini o’z ichiga oladi. 2011 yilning oxiriga kelib kompaniya O'zbekiston Respublikasining barcha viloyat markazlarini 3G tarmog’iga kiritishni rejalashtirmoqda.

Yangi avlod aloqa tarmoqlari uchun yechimlar ishlab chiqish sohasida jahonning yetakchi kompaniyasi bo’lgan Huawei Technologies Co. Ltd O’zbekistondagi LTE (4G) tarmog’ini barpo etish uchun uskunalar yetkazib berdi. Huawei kompaniyasi «Uzdunrobita» XKga to’rtinchi avlod bazaviy stansiyalari va kontrollyorlari, kommutatsion kichik tizim, transport tarmog’i uskunasini yetkazib berdi. Kompaniya shuningdek O’zbekistonda 4G tarmog’ini foydalanishga topshirishni texnik qo’llab-quvvatlaydi va MTS mutaxassislari bilan tajriba almashadi.

«Aynan biz o’z abonentlarimizga 4G xizmatlarini taklif qilgan MDH va Markaziy Osiyodagi birinchi operatorlardan biri bo’lishga muvaffaq bo’lganimizdan mag’rurlanamiz. Innovatsiyalar yetakchisi bo’lgan kompaniyamiz mobil aloqa va ma’lumotlar yetkazib berish sohasida eng ilg’or texnologiyalarni doimo o’z abonentlariga yetkazib berishga intiladi. O’zbekistonda yangi avlod tarmog’ini tatbiq etgan holda biz tajriba to’playmiz, kelgusida esa barcha bozorlarimizda faoliyat olib borish uchun undan foydalanamiz», — deb ta’kidladi «МТS» OAJ vitse-prezidenti Oleg Raspopov.


Категория: MOBIL TELEFONLAR UCHUN | Просмотров: 1502 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Июль 2010  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
       1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz