Ko'zlarim yoshlandi yolg'on so'zingdan, Orzular Ko'liga ummona bo'ldim, Bir bora boqmay ketting izingdan, Ayriliq yo'liga ravona bo'ldim, Sog'indim bilmading sog'inganimda, Bevafo kelmading sog'inganimda. Yeg'laydi yuragim pinhon yeg'laydi, Yolg'on vadalarga bilmayin ko'ndim, Haliham ko'zlarim seni izlaydi, Vasling umidida devona bo'ldi, Sog'indim bilmading sog'inganimda, Bevafo kelmading sog'inganimda. Bilmayin bosibman muhabbat yo'lin, Misoli guldayin ochilmay so'ldim, Qanchalar uzatsam yetmaydi qo'lim, Jamolin ko'rmoqqa ko'p chora bo'ldim, Sog'indim bilmading sog'inganimda, Bevafo kelmading sog'inganimda.
|