DUSHANBA, 2025.06.30, 05:16
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Октябрь » 22 » Beva qiz...
07:57
Beva qiz...

Ey, Dil.!
Muhabbatimizni o’zgalarning manfaati uchun qurbon qilishni istamagandik… Lekin men chekindim, otamning "oq qilaman!” degan so’zidan dahshatga tushib, taqdirga taslim bo’ldim…
…Shirin niyatlar bilan ko’tarib kelgan tuguni ochilmay qo’liga tutqazilgan oyingiz mung’ayib chiqib ketar ekan, yomon og’rindi: "Bizni mensimadingiz-a, qo’shni, qizimni boyvachchaga beraman, dedingiz-a.! suyganidan ayrilgan qizginaga boylik baxt bera olarmikan.?..”
U kishi darvozadan chiqishi bilan ayvonda "miq” etmay o’tirgan otam g’azabga mindi:
-Qizingga qarab yursang o’lasanmi?! Qayoqdagi qalang’i qasang’i bilan don olishib yuribdi… Anavi xotinning gapini eshitdingmi, "sevishgan” deydi-ya.! Teng-tengi bilan. Qizingga aytib qo’y: yuzimga oyoq bossa, oq qilaman!..
Bu payt men xonamda o’ksib-o’ksib yig’lardim…
Ey, Dil.!
Ikkimizning-da uyimiz bir ko’chada edi. Nikoh xutbasi o’qiloyatganda sizni esladim… "Yor-yor” bilan ota uyimning ostonasini tark etayotganimda ham sizni o’yladim. O’sha lahzalarda siz o’z uyingizning xilvat bir burchida xun bo’lib o’tirgandirsiz: baxtni, muhabbatni, meni la’natlagandirsiz. Ilojsizlik olovida yongandirsiz, elas-elas kelayotgan kuy-qo’shiq sadolari yuragingizni shafqatsiz g’ijimlagandir…
Meni sotib, ha, sotib olgan xonadonga borishdan avval shahar bo’ylab sayr qilishimiz lozim edi. Birinchi navbatda salonga bordik. Zaru atlas liboslarim oppoq liboslarga almashdi. Siz suyib silaydigan sochimni turmaklab, oppoq atirgullar qadashdi. Keyin kutdik…kuyovdan darak yo’q edi…
Yangalarim chor-nochor salon xodimasiga, bizni so’rab kelishsa to’yxonaga ketganimizni aytishni tayinlab, meni yetaklagancha ixtiyorimizga berib qo’yilgan mashinalarga o’tirishdi…
…To’yxonada ajab vaziyat hukmron edi. Darvozaxonadagi odamlar bizga jimgina yo’l berishdi. Hovlida bizni qarshi olgan qaynonam uvvos solib yubordi.
-Yer yutkur, bexosiyat kelin.! O’g’limni boshini yeding-a, to’y bo’lmay turib…
Men shu topda tush ko’rayotgandim go’yo. Odamlar hay-haylashib janjalni bosishdi. So’ng meni chimildiqli uyga kirgizib yuborishdi… Ertalabgacha o’tirdim…
Ey, Dil.!
Taqdirga tan bergandim-ku.! Bo’lg’usi umr yo’ldoshimga yomonlik tilamagandim-ku.! Men salondan chiqqunimcha kuyov jo’ralari bilan mashinalarda sayr qilib yurishlarini bilgandim, ammo… Ular mashinalarida quvlashmachoq o’ynashsin debmanmi?! Serharakat katta ko’chada yurishsin debmanmi?! Kuyov mingan mashina ko’cha o’rtasida shiddat bilan burilayotib, qarshi yo’ldan kelayotgan mashinaning tumshug’iga nishon bo’lsin debmanmi?! O’sha mashina o’ng tomondan urilgani bois haydovchining yonida o’tirgan kuyov… Shuni istaganmidim?!
Mening bu xonadonda qolishim yoki qolmasligim uning umriga bog’liq edi. U… o’ldi… Aza ochishga ham qo’ymay menday bexosiyatni haydab solishdi.
Hozir ota uyimdaman. Otam mening, men otamning ko’zlariga qaray olmaymiz… Men-to’y ko’rgan, bexosiyat qiz, shunga yarasha sovchi kela boshlaydi. Siz bundan xabar topasiz…
Ismim tark etmagan bo’ladi qalbingizni… oyingizga yorilasiz.
-Nimalar deyapsan?! To’y ko’rgan qizni-ya?! Birovning bevasini-ya?! Bir paytlar bizni mensimagani esingdan chiqdimi? Endi men past ketib, yalinib borayinmi.? Bekor aytibsan, shu qilganlariga onasi o’pmagan qizni oberaman senga, dang’illatib to’y qilaman.! Agar shunga ko’nmasang, bergan oq sutimga rozi emasman.!-oyingiz tizzasiga shappalatib ayuhannos soladi.
Qat’iyatingizga darz ketadi. Uylanasiz. Menga, men badbaxtga achchiq qilasiz…
Ey, Dil.!
Qaytar dunyo… O’sha kun yomon azoblandim. Xonam eshigini ichidan qulflab oldim. Xatlaringizni o’qidim, yig’ladim… Suratingizga tikildim, yig’ladim… Sevgimizni o’yladim, yig’ladim…
Ey, Dil.!
Endi bir ko’chada azoblanib yashashga mahkummiz… agar siz ko’chib qutulmasangiz. Baribir unutolmaymiz, bir-birimizni. Har kuni eslaymiz bir-birimizni…
Shunday paytda siz o’kinasiz jim…
Men esa yig’layman… yig’layveraman…

Категория: SEVGI | Просмотров: 3599 | Добавил: munik77 | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Октябрь 2010  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
        123
    45678910
    11121314151617
    18192021222324
    25262728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz