Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti sayyoramiz aholisining bemahal o'limi sabablarini ma'lum qildi. JSSTning o'rtacha umr davomiyligini qisqartiruvchi omillar xususidagi ma'ruzasi tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi. Bevaqt o'limga olib keluvchi xavfli omillar ro'yxatining birinchi o'rnini yuqori qon bosimi band etgan. Jami o'lim holatining 13 foizi ushbu kasallikka to'g'ri keladi. Keyingi qatorlarda esa tamaki iste'mol qilish (9 foiz), qonda glyukoza darajasining oshib ketishi va jismoniy harakatsizlik (6 foiz), shuningdek, semirish va ortiqcha vazn (5 foiz) kabi xavflar zikr etilgan. Xisobotni tayyorlash uchun ekspertlar 2004 yildagi ma'lumotlardan foydalanishdi. Ushbu xabarga asoslanib, o'lim holatlari, kasallik va jarohatga ta'sir ko'rsatuvchi 24 ta xavf omili ajratib olingan.
|