Ruxim qalbim izlaydi xuzur Zada bölib yolg'izligimdan Qushlar bag'ri töla g'am andux Uchgan kabi vatanlaridan Shamol ifor yechib olgandek G'unchalarning badanlaridan Juda og'ir Juda yoqimli Yolg'izlikka men maxkum asir Bir özimga iztirob tamli Sizning bilan shirin xushtasir Yolg'izlikda siz bilan qolsam Laxzalarga baxt berar mazmun Aks xolda közi yoshli g'am Yelkamga bosh qöyadi maxzun... Sizning bilan dardlar xam sölim Sizsizlikdan quvonchlar xam yot Keling qalbim yengmasin ölim Böyingizdan anqiydi xayot Keling sizga kuysin quvonsin Köyingizda bölsin qirq jonim Tanxoligim diydorda yonsin Qadrdonim aziz insonim