| Men sizga 2 zaifning haqini harom qilaman. Ular yetim bilan xotinlardir. * * *
 Jannat onalar oyog'i ostidadur.
 * * *
 Agar er bilan xotin bir-biriga muhabbat - döstlik nazari bilan qarasalar, Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qarasalar, Alloh taolo ularga rahmat nazari bilan qarar. Agar er xotinining qölidan tutsa, gunohlari barmoqlari oralaridan tökilib ketar.
 * * *
 [color=green]
 Hayoning hammasi xayrlidir.
 * * *
 Ayollarni faqat ulug' odamlar hurmat qiladi.
 * * *
 Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom : "Kimning 3 ta qizi bölsa, tarbiyasini yaxshi qilsa, Alloh taolo uni qiyomat kuni jannatga kiritadi, - dedilar. Shunda bir kishi turib : "Ikkita qizi bölsa-chi ey Allohning Rasuli? "- deb sörabdi."Ikkita qizi bölsa ham", - deb aytdilar. On hazratlaridan "Bitta bölsa-chi" - deb söradi ikkinchi kishi. "Bitta qizi bölsa ham", - deb javob berdilar Payg'ambar Muhammad alayhissalom.
 [color=blue]
 * * *
 Xotin kishining yolg'iz öqigan namozi jamoat masjidida öqigan namozidan yigirma besh daraja ortiqdir.
 * * *
 Rashk imondan, rashksizlik munofiqlikdandir.
 * * *
 Inson izzati dinidadir, odobi - aqlida, uning ezgu nasabi esa körkam xulqidadir.
 * * *
 Qaysi bir odam ota-onasini e'zozlasa, u kishi baxtli bölsin. Alloh taolo unga uzoq umr bersin.
 * * *
 Bir odam öziga yaqin bölgan yetimni yoki begona yetimni balog'atga yetguncha tarbiya qilsa, u kishiga jannat vojib böladi.
 * * *
 Qiyomat kunida eng yomon örin oladigan kimsa, hayotiylik vaqtida tilining yomonligidan, özining yovuzligidan odamlar nazaridan chetda qolgan kishidir.
 * * *
 Anas ibn Molik bunday deydilar :"Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:" Bir-birlaringizni yomon körmanglar, bir - birlarhngizga hasad qilmanglar, bir-birlaringizdan arazlamanglar, aka-uka tutinib, Allohning solih bandalari bölinglar. Musulmon odam öz dindosh birodarlari bilan uch kundan ortiq arazlashmasin", - dedilar.
 
 |