1.Tinch okeani hududidagi Tivi qabilasida qizaloqlar tug'ilganoq turmushga uzatiladi.
2.Yer yuzida yiliga 210 000 000 ayol homilador bo'larkan.
3.Bu go'zal jins vakillari umrining 3 yili ko'zgu qarshisida o'tarkan.Millionlab ayollar kuniga o'rta hisobda 34 marta ko'zguga qararkan.
4."Kolibri" byurosi eksperti Ute Rademaxer o'tkazgan so'rovnoma natijasiga ko'ra,umumiy hisobda ayollar hayotining 78 kuni sumkasidagi kerakli buyumni izlashga sarf bo'ladi.
5.Ayollar erkaklarga qaraganda 2 baravar kiprik qoqadi.
6.62 yoshli ispan qo'shiqchisi Gloriya Lasso o'ziga xos rekord o'rnatdi: u 11 marta turmushga chiqdi! Vaholanki,bu ham oxirgisi emasga o'xshaydi.Chunki qo'shiqchi jurnalistlarning bu borada savollariga javoban sevgisi qanchaga cho'zilsa,oilaviy hayoti ham shuncha payt davom etishini ta'kidladi.
7.Yer yuzidagi eng qimmat ayol - Jennifer Lopes.Uning tanasi Nyu York sug'urta kompaniyalaridan biri tomonidan 1 milliard yevroga sug'urtalangan.
8.Yer yuzida ta'lim olish imkoniyatidan mahrum 300 million bolaning 2/3 qismini qizlar tashkil etadi.
9.Lablarini doimiy tarzda bo'yab yuradigan ayolg butun hayoti davomida 2 kg lab bo'yog'i yerkan.
10. 1901-2009 yillar davomida 40 nafar ayol Nobel mukofoti sovrindori bo'lgan.