Главная » 2010»Май»23 » Ayollar-Erkaklar. kim ko`proq telefonda suhbatlashadi
19:54
Ayollar-Erkaklar. kim ko`proq telefonda suhbatlashadi
Ayollarning erkaklarga qaraganda telefonda uzoq vaqt gaplashishlari, nihoyat, Buyuk Britaniyadagi kompaniyalardan birining tadqiqotlarida o‘z tasdig‘ini topdi. O‘rtacha umr ko‘radigan ayollarning 4 yilu 9 oylik vaqti telefonda gaplashishga sarflanar ekan. Buning ekvivalenti soatlarga taqsimlab chiqilganda, quloq 42 ming soatlik muloqotni qabul qilishi ham aniqlandi. Xo‘sh, ayollardan farqli o‘laroq, erkaklarning telefonga munosabati qanday ekan? Bunga harqalay chidash mumkin, ya’ni ular o‘z umrlarining uch yilu uch oyini telefon orqali qilinadigan suhbatlarga sarflashadi. Xuddi shuncha muddatdagi telefon qo‘ng‘iroqlarining soni ham kompaniya mutaxassis- larining ushbu so‘rovnomasini to‘ldiruvchi yana bir jihat bo‘ldi. Xotin-qizlarda 288 ming, erkaklarda 277 ming soat. "Deyli meyl” tarqatgan ushbu tadqiqot natijalarida yana bir ma’lumot bor. Ayollarning 46 foizi doimiy ravishda bir-biriga qo‘ng‘iroq qiluvchilar ekan. So‘rovnoma xotin-qizlarning arzir-arzimas gaplarga ham qimmatli boyligi — vaqtini sarflashini ko‘rsatib turibdi.