Yo`nalishi va qo`shiq kuylash uslubi 1oz Tohir Sodiqovni yodga soladigan "Ato" guruhi uchun yakunlanayotgan yil omadli kechdi deyish mumkin. "Ayblama" qo`shiqlari yaxshigina ommalashdi. Boshqa xonandalarga yozib berilgan musiqa va aranjirovkalar natijasida guruh vakili Shuhrat Kamalovning nomzodi MTVA-2009 tanlovida Eng yaxshi bastakor nominatsiyasi bo`yicha qo`yildi. Yaqinda ushbu guruh yigitlari "Qanot" nomli yangi qo`shiq yaratishdi. Shuhrat Nazarmuhammedov so`zi va Shuhrat Kamalov [guruhning ikki vakili] musiqasi bilan yaratilgan bu qo`shiq ham muxlislar qalbidan o`rin oladi degan umiddamiz! Biz bilan qoling!