MUBORAK JUMA, 2025.06.27, 01:14
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Ноябрь » 3 » G'AROYIB BEFARZANDLIK
11:50
G'AROYIB BEFARZANDLIK

Yaproqlar ham qanot yozib qush bo'ldilar,

Soylardagi toshlar hatto xush bo'ldilar, 

Menga sening allalaring tush bo'ldilar, 
Uyingdagi beishklaring tillodanmiq.. 
Dunyoning bu o'yinlari Ollodanmiq 
Sirojiddin Sayyid

Yoshim 26 da. Kasbim muhandis bo'lsa-da, hozirgi kunda uy bekasiman. Erim bilan turmush qurganimizga yetti yil bo'ldi, ammo hanuzgacha go'dak yig'isiga mahtalmiz.
Yaqinda mashhur professor opada davolandim, shifo topishimga imonim komil edi. Shu sabablimi, ikki oy o'tar-o'tmas hayz ko'rishdan to'xtadim. Ko'nglim aynib, bot-bot qayt qilgim kelib qiynalsam-da, quvonchim olam-jahon edi. Qarangki, bir necha oy o'tar-o'tmas to'lishib, qornim ham do'ppayib qolgandek edi, nazarimda. Hammamiz bo'lgusi farzandni umid bilan kuta boshladik. Erim tug'ilajak «o'g'il»ga, men esa «qizachoq»qa ism izlab ovora edik. Qaynonamning «ilk farzand tug'shganiga qadar sir tutilsa, yaxshi bo'lishi» haqidagi o'gitiga amal qilib, o'zimni ginekologga ham ko'rsatmay yurdim. «Homilador»ligimga deyarli to'rt oydan oshganda, ayollar maslahatxonasiga yo'l oldik. Meni ko'rikdan o'tkazgan ginekolog opa boshini chayqab, ultratovush tekishruviga yubordi. Ne ajabki, ikkala do'xtir ham mening umuman homilador emasligimni aytishdi. Dunyo ko'zimga qorong'u bo'lib ketdi. Uyim musibatxonaga aylandi. Ko'nglimning bir chetida yaproq misol qaltirabgina turgan umid ham yana oy ko'rganimdan so'ng mutloq uzildi. Yorab, bu ne ko'rgilik! Nasiba

Darhaqiqat, «soxta homiladorlik» degan tibbiy atama bilan nomlanuvchi holat hayotda uchrab turadi. Xususan, tabiatan nevrozga moyil, ta'sirchan ayollarda bu hol ko'p uchraydi. Farzand ko'rishni astoydil istovchi bunday ayollarda hayz to'xtashi bilan birga «toksikoz» alomatlari - ko'ngil aynishi, qayt qilish ham ro'y beradi. Shuningdek, qorin do'ppayishi, semirish ham kuzatilishi mumkin. Bunday ayollarda gonodotrop gormonlar ishlab chiqarilishi oshib, sariq tana paydo bo'ladi. Shu bois homiladorlikni aniqlovchi testlar ham ijobiy (tasdiq) natija berishi mumkin. Bu kabi holat Tog'ay Murodning «Oydinda yurgan odamlar» qissasida ham o'zining qoyilmaqom ifodasini topgan:
«Onamiz to'lishib-to'lishib qoldi. Yonoqlarida sepkil togiib-sepkil toshib qoldi.
- Oymomaning bo'yida bo'pti, ko'z tegmasin.
- Yaratganning o'zi nolasini eshitibdi, kech bo'lsayam beribdi.
- Farzandning erta-kechi bo'ladimi.
- Ishqilib, eson-omon qutulib olsin. Onamizni ko'rmishlar ana shunday dedilar! Aslida... unday emas!
Ayol zoti chinakam farzand dogida kuysa...
Farzandni qalban orzu qilsa... Xuddi bo'yida bo'lmishday to'lishadi! Ayolruhiyati shunday, ayol tani shunday, ayol qalbi shunday!
Tabiat ayolni farzand uchun yaratadi.
Farzand - ayol baxti bo'ladi, shon-sharafi bo'ladi, yuz-xotiri bo'ladi!
Ona — ayol zoti uchun oliydan-oliy martaba bo'ladi!»
Er va xotin har jihatdan mutlaqo sog'lom bo'lsa-da, farzand ko'ra olmasliklari tez-tez uchraydigan holatlar sirasiga kiradi. Quyida shunday holatlardan birini misol tariqasida keltirib, tibbiy nuqtai nazardan imkon qadar izohlashga harakat qilamiz:
«Biolog o'qituvchiman, yoshim qirqqa yaqinlashib qoldi. Ayrimlarga ibrat bo'lar, degan niyatda o'tmishim haqida so'zlamoqdaman. Erim ikkovimiz asli vodiylik bo'lsak-da, poytaxt dorulfununida o'qib yurgan paytlarimiz tanishganmiz. O'qishni tugatish arafasida turmush qurdik Hash-pash deguncha tahsilni tugallab, o'z qishlogimiz maktabida ish boshladik.
Ammo yillar o'tsa-da, tirnoqqa zor yashadik. Bormagan joy, ko'rsatmagan do'xtirimiz qolmadi hisob. Shifokorlar: «Ikkingiz ham soppa-sog'siz, siqilmasdan kutish lozim», deyishardi. Folbin-u, soxta «karomatgo'y»larga taishb bor-budimizni tamomlasak-da, aslo naf ko'rmadik. Nuqul atrofdagilar qo'lini nuqib bizni ko'rsatishayotgandek tuyulardi. Goho o'g'il to'ylardan kechroq qaytgan erimning bolishlari ko'z yoshdan nam bo'lib qolganini sezardim. Qaynilarim bag'ri ham birin-ketin farzandlar bilan to'la boshladi. Endi qaynonam tugul, mendan ancha kichik ovsinlarim va qaynsingillarim ham dagal muomala qilib, gap bilan uzib oladigan bo'lishdi. Barcha sizga tashlansa ham eringiz mehr ko'rsatib, tasalli bersa bas, oilangizga hech kim raxna sololmas ekan. Shu tarzda to'qqiz yilga yaqin umr kechirsak-da, er-xotin bir-birimizdan bezish o'rniga, tobora yaqinlashib borar edik...
Shunday kunlarning birida boshimizga katta musibat tushdi. Uch farzandning otasi bo'lgan o'rtancha akam, kelinoyim va kichik jiyancham avtohalokat tufayli bevaqt hayotdan ko'z yumishdi... Azada ota-onam, jigarlar faryodi bir tomonu, «ayajonim» deya onasini qidirgan jiyanim Shohistaning bo'zlashi bir tomon bo'ldi. Chidayolmay endigina ikkiga kirgan jiyanchamni mahkam bag'rimga bosganimda, dilimdagi nido tilimga ko'chganini sezmay qoldim:
«Ey, falak, bu dunyoda bag'ri butun ham bormi!!» Akamning besh yoshli to'ng'ich o'g'li Asliddin birozdan so'ng tengdoshlari bilan o'ynab ketdi... Bo'ynimdan mahkam quchgancha uyquga ketgan Shohista jiyancham bosinqirab chiqdi. Tongga yaqin biroz ko'zim ilingan ekan, akam tushmga kirib: «Shohista qizimni senga topshirdim», deya ko'zdan g'oyib bo'ldi. Bu haqda hech kimga og'iz ochmadim. Uyimga qaytgandan keyin ham bu tushni yana ko'rdim. Navbatdagi tushlarimning birida akam g'azab bilan: «Senga nima degandim, axir!» deya qo'l siltab. ters burilib ketdi. Ortidan ho'ngrab yig'lab qoldim. Ko'zimni ochsam, o'ngimda ham titrab yitayotgan ekanman, tepamda erim hangu-mang. Hammasini erimga yig'lay-yig'lay so'zlab berdim. Ertasiga uyimizga bordim. Ostonadayoq Shohista yugurib chiqib, bo'ynimga osildi, bir «ammajonim», bir «ayajonim», deya chuldirab hammani yig'latdi. Onam ichkariga imlab: «Shohista senikida turatursin, hech kimga ilakishmay, ichikib qolyapti», — dedi. Xullas, u oilamizga, erimga tezda o'rganib ham qoldi. Oradan biroz vaqt o'tgach, uni istab-istamay yana onamnikiga yetaklab ketarkanman, ortimizdan erim ma'yus tikilib qoldi. Uyga borganimda, onam ko'ziga yosh olib, akam tinmay tushiga kirayotganligini, qizini menga bershilarini qayta-qayta so'rayotganligini aytib berdi. Men ko'rgan tushni onajonim ham ko'rgan ekanlar.
Xullas, odamlarning gap-so'ziga e'tibor ham bermay, Shohistani farzand qilib oldik. Baxtiyor yashay boshladik. Qarangki, qizimizning qadami qutlug' kelib, oradan yarim yil o'tar-o'tmas, homilador ekanligimni sezib qoldim. Hozir uch farzand - ikki qiz va o'g'limni kamolga yetkazmoqdaman.
Boshimdan o'tganlarni qancha qismatdosh yosh oilalarga so'zlab berishimga to'g'ri keldi. Qarangki, biz kabi farzand saqlab olib, o'zlari ham uvali-juvali bo'lganlar talaygina ekan. Menimcha, tibbiy tekshiruvda sog'lom deb topilgan befarzand juftlar shu yo'lni ixtiyor etsalar, yaxshi bo'lardi». Safura
Sababi noaniq yoki nisbiy bepushtlik har yuz farzandtalab oilaning to'rt-beshtasida uchraydi. «Tushunarsiz bepushtlik» tashxisi bilan poytaxt shifoxonalariga yuborilgan er-xotinlarda befarzandlik sabablari aniklanadi. Umuman olganda. ayollarni laparoskopik usulda tekshirish, erkaklarning shahvat suyuqligini to'la analiz qilish, har ikki tomonda gormonal, bakteriologik tadqiqotlar o'tkazish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Shifokorlar bu tashxisni qo'yishda bejiz ehtiyotkorlik qilishmaydi. Chunki chuqur tekshiruvlar o'gkazilganda bunday oilalarning tonzillit (tomoq murtagi yallig'lanishi), stomatit (og'iz bo'shlig'i yallig'lanishi) va boshqa turli virusli kasalliklarga moyilligi aniqlangan. Surishtiruvlarda qarindoshlari orasida bepushtlik, qandli diabet, o'sma kasalliklari va homila tushib qolishi tez-tez uchrab turishi ma'lum bo'lgan. Ular orasida «nisbiy bepushtlik»ka chalinganlar soni aslida ancha kam. Bundaylarning bir qismida immuntansislik yoxud sekresiya bezlari kasalliklariga moyillik mavjudligining o'zi ham reproduktiv faoliyatga zimdan salbiy ta'sir etishi mumkin. Aniqlanishicha, befarzandlarning 64 foizi surunkali stress, ya'ni asablari tarang holatda yurisharkan. Ularda hadiksirash, asabiylashuv, yig'loqilik, odamovi bo'lib qolish kabi holatlar namoyon bo'ladi. Surunkali stress nafaqat ruhiy-emotsional holatga, balki ichki sekreqiya bezlari faoliyatiga ham salbiy ta'sir etib, pusht uchun zarur gormonlar ishlab chiqish jarayoniga putur yetkazadi.
Shuning uchun mohiyati mavhum bepushtlik gumon qilingan oilalarga gohida yuqoridagi voqea kabi yo'l tutish tavsiya qilinadi. Darhaqiqat, ayrim oilalar farzand asrab olgach, o'zlari ham uvali-juvali bo'lib ketishadi. Bu holat tibbiy nuqtai nazardan quyidagicha izohlanadi. Doimo iztiroblar komida yashayotgan er-xotin oilada bola paydo bo'lgandan so'ng siqiq kayfiyatu atrofdagi gap-so'zlardan qutuladilar. Natijada, asta-sekinlik bilan ruhiy holat o'z maromyga kelib, ichki sekretor bezlar va jinsiy a'zolar faoliyati yaxshilana boradi. Bu esa ularning reproduktiv salomatligi tiklanib, chinakam ota-onalik baxtiga erishishlariga olib keladi.
Ushbu o'rinda mavzuga yaqin bo'lgan bir maktubdan ko'chirma keltirsak:
«Erim bilan yaxshi ko'rishib turmush qurganmiz. Deyarli to'rt yil farzandli bo'lmaganimizdan so'ng qaynonam o'tirsam o'poq, tursam so'poq deya boshladi. Ammo erim meni yeru ko'kka shionmas. ajralishni xayoliga ham keltirmasdi. O'zimni igna ustida yurgandek omonat his qilardim. Necha bor uyimga qaytib ketsam, erim yolvorib olib kelardi. Shifokorlar ikkovimizni ham soglom deyishardi. Qaynim uylangach, erimdan xafa bo'lgan onasi bizni «joy almashtirish kor qilishi mumkin» deya alohida uyga ko'chirib yubordi. Biz ko'pkavatli uyning beton devorlari ichida o'zimizni ancha erkin his qila boshladik. Qarangki, ko'chib kelganimizga uch oy o'tmasdan homilador bo'lganligimni sezib qoldim. G'ozirgi kunda, uch farzandim bor. Demak, farzandsiz odamlarga keksalarning «joy o'zgartirish» haqidagi o'gitlari ham qo'l kelar ekan-daq!»
Darhaqiqat, chuqurroq mushohada qilingudek bo'lsa. bu voqeadagi «joy o'zgartirish»ning nafini quyidagicha izohlash mumkin: yosh oila atrofdagilarning gap-so'zlari-yu. aralashuvlaridan xalos bo'lgach, ruhiy holati izga tushgan. Natijada, jinsiy a'zolar maromida faoliyat ko'rsatib, ayol homilador bo'lgan. Ko'pchilik oilalarning tabib, mullalardan davo topish-lari ham ruhiy ta'sirotga bog'liq. Umuman olganda. farzand ko'ra olmayotgan er-xotinlar atrofdagilar tomonidan siquvga olinmasa, aksincha, dalda berilsa, bas, hammasi o'z iziga tushadi.


Категория: ISLOM | Просмотров: 3461 | Добавил: elBasanio | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Ноябрь 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
          1
    2345678
    9101112131415
    16171819202122
    23242526272829
    30
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz