
Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2010 » Июль » 17 » Allohni nima sevintiradi?
12:06 Allohni nima sevintiradi? |
 Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:"Rasululloh(s.a.v): "Alloh taolo bandasi tavba-tazarru qilganida,sahroda tuyangizni yo'qotib qo'yib,bexos uni topib olganingizdagidan ko'proq sevinadi ", deb marhamat qildilar"(Imon Buxoriy,Imom Muslim) . Abu Hurayra(r.a) bunday deganlar:"Rasulullohning(s.a.v) "Alloh taologa qasam,men har kuni Alloh taologa 70 martadan ko'p istig'for aytaman va tavba qilaman",deganlarini eshitganman" (Imom Buxoriy). Istig'for bandaning Alloh taolodan gunohlarini kechirishini so'rashdir. "Tavba" so'zining lug'atdagi ma'nosi "qaytish" -gunoh ishlardan tiyilishdir.Tavbaning uchta rukni bor: gunohdan butkul tiyilish; qilgan gunohlari uchun astoydil pushaymon bo'lish; qayta gunoh qilmaslikka azmu qaror qilish.Agar gunohi o'zgalar haqini poymol etish bilan bog'liq bo'lsa,ulardan kechirim so'rash,molini nohaq olgan bo'lsa,qaytarib berish tavbaning to'rtinchi ruknidir. Ulamolar Alloh taoloning sevinishini roziligini deb sharh qilishgan. Demak gunohlaridan tavba-tazarru qilgan kishidan Alloh taolo rozi bo'lishi umid qilinadi. Har qanday katta yo kichik gunoh uchun tavba qilish vojibligiga ulamolar ittifoq etishgan.Tavbani kechiktirib bo'lmaydi. Yashirin va ochiq katta-kichik gunohlardan tavba-tazarru qilish,istig'for aytish mo'minlarga xos fazilatli amaldir.Agar banda sidqidildan,ixlos bilan haqiqiy tavba qilsa,qalbi iymon nuri bilan yorishadi,ko'nglidan g'ashlik,huzursizlik va boshqa illatlar ketadi.Alloh barchamizning gunohlarimizni avf etishini so'rab qolamiz.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 2214 |
Добавил: Madinka
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|