Rossiyaning ko’zga ko’ringan guruhi "VIA Gra”ning tarixi ko’pchilik
muxlislarga ma’lum. Buni qarangki, bugungi kunga kelib "VIA Gra”ning
tarkibi yana o’zgarmoqda. Bu gal guruhining solistkasi Albina Janabaeva
"VIA Gra”ni tark etmoqda.
"Men guruhni tark etayotganimdan
afsusdaman. Lekin hozirgi vaqtda o’z kareram ustida ishlamasam
bo’lmaydi. O’ylaymanki, "VIA Gra”ning kelajagi men tufayli yo’q
bo’lmaydi”, deb ta’kidlamoqda, Albina. Guruh produsseri gaplariga
qaraganda tarkib tez kunlarda o’z o’rnini to’ldirishiga ishonmoqda.