
Agar men insonlarning va farishtalarning, tillarida gapirsam-u, lekin sevgim bo'lmasa jaranglaydigan mis cholg'u,yangraydigan
zang bo'lib qolaman. Agar bashoratgo'y bo'lsam, agar butun sirlardan
voqif bo'lib,har qanday ilmni bilsam, agar tog'larni ko'chiradigan
iymonga ega bo'lsam-u, lekin sevgim bo'lmasa, men hech narsa emasman.
Agar butun yer mulkimni taqsimlab bersam,hatto badanimni
yondirishlariga topshirsam-u, lekin sevgim bo'lmasa menga hech foydasi
yo'q.
Sevgi
sabrli va ko'ngilchandir, Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas.
Sevgi beboshlik qilmas,xudbinlik qilmas, kek saqlamas, achchiqlanmas.
Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo'lur. Sevgi har
qanday narsani ko'tarar, har yo'lda ishonch hosil qilar, har sharoitda
umid saqlar har narsaga toqat qilar...
Endilikda bu 3 narsa qoladi: ISHONCH,UMID,SEVGI. Sevgi esa eng a'losidr. mana shu 3 narsa hayotingizda mujassam bo'lsin!
|