Nigeriya Oliy Ruhoniylar vakillari 86 nafar xotin olgan mamlakat fuqarosiga o'lim jazosini berishini ma'lum qilgan. Bu jazodan qutilish uchun ayblanuvchi shariat qonunlariga ko'ra 86 xotinidan faqat to'rttasini tanlab olishi lozim. Bunday keskin qaror 84 yoshli Muhammad Beloy Abubakarga qarshi chiqarilgan. Ko'pxotinli erkakning aytishicha, Qur'onda 4 xotindan ortiq uylanganlarni jazolash to'g'risida hech narsa deyilmagan. Sh bois Abubakar boshqalar bilan maslahatlashib o'tirmay, 86 xotin bilan nikoh o'qittirishni lozim topgan. «O'nlab xotinga ega bo'lgan kishi o'lishga va kuchdan qolishga haqqi yo'q, ammo menga Olloh shunday kuch berganki, men 86 xotinni bir paytda nazorat qila olaman!» degan u. Uning bu so'zlarini isbotlash og'ir emas - Abubakarning xotinlari unga jami 170 nafar bola tug'ib bergan!