Bir zamonla bitta odam bo'gan ekan, 40 yil riyozat chekib, 5 metr
joydan ipni otib ignaga o'tkazishni o'rganibdi, keyin mamlakatining
podshohi oldiga borib saroyda o'z erishgan yutug'ini namoyish etibdi.
Buni ko'rgan butun saroy ahli hayron qolishibdi. Shunda podsho bu
odamga 100 ta oltin dirxam va 100 darra urishni buyuribdi. Hamma
hayron: 100 dirxamku tushunarli, san'at har qalay, hech kim bajara
olmaydigan ishni o'rganibdi, kuppa-kundizi ko'zoynak taqib bir qo'lida
ignani ushlab ikkinchisi bilan ipni o'tkazolmaydiganlar qancha.... 10
darra nechun? Shoh shunday javob beribdi: "100 darra ham oz asli, 40
yillik umrini hech kimga foydasi bo'lmagan ishga sarflagani uchun,
bitta ipni ignaga o'tkazishni 40 yil o'rganish shart emas"