2009 yilda dunyo bo'yicha jami 205 million dona televizor sotilgan. Ularning umumiy qiymati 101 milliard dollarni tashkil etadi. Bu raqam 2008 yil ko'rsatkichlaridan 10 foizga kam. TechCrunch blogi chop etilgan ma'lumotga ko'ra, sotilgan televizorlarning 69 foizini suyuq kristalli ekranga ega qurilmalar tashkil qiladi. 2010 yilda bu boradagi savdo hajmining 78 foizga oshishi taxmin qilinmoqda.