Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist" unvoniga loyiq deb topilgan Sardor Rahimxon, Toshkent shahrining 2200 yilligi hamda Mustaqilligimizning 18 yilligi munosabati bilan yangi "Oh nimalar" taronasini yaratgan edi. Sardor Rahimxon ushbu qo'shiq uchun hozirda klip suratga tushirmoqda. Klipda bosh qahramon qiz rolini ijro qilish uchun kasting e'lon qiladi... Sardor Rahimxonning "Oh nimalar" taronasida suratga tushishni istagan qizlarning yoshi 16 yoshdan katta va o'zbek millatiga mansub qizlar o'rtasida saralanadi. Barcha talabgorlar o'zlarining telefon raqamlari va fotosuratlarini info@sb.uz manziliga yuborishlari mumkin. Xatda "Kasting uchun" deb yozishni unutmang.