
Статистика |
XOZIR SAYTDA 9 MEXMON 9 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2009 » Август » 25 » OYLARNING MA`NOSINI BILASIZMI?!
23:42 OYLARNING MA`NOSINI BILASIZMI?! |

- Yanvar – Ma’bud Yanus sharafiga «yanvarius» deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha, ikki yuzli Yanus har bir narsaning boshi va oxirining homiysi bo‘lgan emish.
- Fevral – lotincha «februarus» so‘zi tozalanish, poklanish ma’nosini bildiradi.
- Mart – bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan «martius» so‘zidan olingan.
- Aprel - «Apfire» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘z in’omlarini namoyon qiluvchi degan ma’noni bildiradi.
- May - Ma’buda Mayya «Mayus» ismidan olingan go‘zallik, shod-xurramlik oyi hisoblanadi.
- Iyun – Yupitering xotini - ma’buda Yunona sharafiga qo‘yilgan. Afsonalarga ko‘ra, Yunona ayollar homiysi, er-xotinlar qo‘sha qarishi, uvali-juvali bo‘lishining tarafdori.
- Iyul – Rim davlat arbobi va lashkarboshisi Yuliy Sezar sharafiga shunday atalgan.
- Avgust – Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo‘yilgan.
- Sentyabr – Qadimda rimlilarning o‘n oylik taqvimida yetti oy bo‘lib, lotincha «september» ( 7 ) so‘zidan olingan.
- Oktyabr – Qadim rimliklar taqvimida sakkiz oy lotincha «oktober» ( 8 ) degan ma’oni beradi.\
- Noyabr – lotincha «november» ( 9 ) so‘zidan olingan, qadimgi rimliklar taqvimida to‘qqizinchi oyni anglatgan.
- Dekabr – lotincha «detsember» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘n degan ma’noni bildiradi.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1166 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|