«ZAMONAVIY DARD» SHIFOXONASI Hayron bo‘layotgandirsiz, «zamonaviy dard» nima ekan deb? Bu kompyuter bilan bog‘liq kasalliklar tashxisi bo‘lib, dunyo mamlakatlari uchun xosdir, qaysiki joyda zamonaviy texnologiyalar ko‘proq qo‘llanilayotgan bo‘lsa. Xo‘sh, kompyuter bilan muttasil ishlovchilarning sog‘ligida uchrayotgan muammoni bartaraf etish mumkinmi? Xitoylik psixologlar ana shu masala ustida bosh qotirishib, buning uchun maxsus shifoxona ochish kerak, degan fikrga kelishdi. Ularning taklifi inobatga olindi va ushbu mamlakatda ilk bor kompyuter kasalliklari shifoxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, har yuz boladan sakkiz nafari kecha-yu kunduz kompyuter qarshisida «mixlanib» o‘tiradi. Ular na maktabga borishadi, na ko‘chaga aylangani chiqishadi. Buning qanday oqibat keltirishi ma’lum. Ming kishiga mo‘ljallangan yagona shifoxonada bo‘sh o‘rin yo‘q, navbatda turganlar juda ko‘p. Demak, «zamonaviy dard» bilan og‘riganlar ko‘payib ketganligi shifoxonani kengaytirish yoki yangilarini ochish kerakligini ko‘rsatmoqda.