
Rasulalox (s.a.v) dan rivoyat qiladurlar. "har kim muborak ramazon oyi kelganidan hursand bo'lsa, Alloh taolo u bandaning jasadiga do'zax olovini xarom qiladi".
Rasulalox (s.a.v) dedilar: "Ramazon oyining birinchi kechasi Alloh taolo, meni sevganlarni men ham sevaman, men uning hojatini ravo aylagumdir, har kim mendan mag'firat tilasa, uni mag'firat etgumdir, deb aytradi. Undan keyin Alloh taolo ramazon oyida Kiromankotibinga, mo'min bandaning nomaiamalidan gunohlarini chiqarib tashlang deb farmon beradi va Alloh taolo u bandaning o'tmishdagi gunohlarini kechiradi"
Rasulalloh (s.a.v) dan shunday rivoyat qilinadi. Jannat to'rt toifa insonlarga mushtoq bo'lib turadi:
Birinchi toifa - Quron tilovat qiluvchilarga. Ikkinchi toifa - Tilini har hil bekorchi so'zlarni aytishga saqlanganlardan. Uchinchi toifa - Ochlarga taom berib to'ydiruvchilarga. To'rtinchi toifa - Ramazoni sharif ro'zasini mukammal tutganlarga.
Xazrati Umar (r.a) Rasulalloh (s.a.v.) dan rivoyat qilurlar: " Agar ummatimdan bir shaxs Ramazon paytida uhlab yotgan vaqtida u yonboshidan bu yonboshiga ag'darilib harakat qilsa, Farishtalardan biri "Hudoning raxmati va barokoti bo'lsin senga, turgin namoz vaqti yetdi", - deydi. Agar namoz ado etish niyati bilan tursa, o'rin-ko'rpasi "Ey bor hudoyo, bu bandangaga Jannat o'rinlaridan ato etgin" deb iltijo qiladi. Kiyinayotganida: "Ey bor hudoyo, bu banddanga behisht liboslaridan ato etgin", deydi kiyimlar. Oyyoq kiyimlar bo'lsa: "Ey bor hudoyo, bandangni qadamini sirotda mustahkam qil" deydi va taxorat uchun obdastani olganida , suv bilan obdasta "Ey bor hudoyo, bu ro'zador bandangni kavsar suvidan serob et hamda gunohu xatolardan uni pok qilgin" - der ekan. Namozi boshlaganida hona va masjid esa: "Ey bor hudoyo, uning qabrini keng qil va uning qusurlarini mag'firat etib, raxmat nazari bilan nigoh et", - deydilar. Shundo Alloh taolo "ey bandam, endi namozdan keyin duo qil, ijobat etaman, mag'firat tilagin, seni kechiraman",-deb aytar ekan.
Rasuli Akram (s.a.v) dan rivoyat qilinur: "Har qchon ramazon boshlanganda Alloh taolofarishtalarga, shayton va barcha shaytonlaru jinlarni zanjirband qilishni hamda Do'zax eshiklarini yopib, Jannat eshiklarini ochishni buyuradi".
Rivoyat qilurlar, Alloh taolo har kechasida uch marotaba, hojatini so'raguvchilar bormi, hojatini ravo qilurman, tavba qiluvchilar bormi,tavbasini qabul qilurman, kechirishni istaguvchilar bormi, ularnio mag'firat etaman, deb marhamat qilar ekan.
Rivoyat qilurlarki Alloh taolo aqlni yaratdi va unga: "Yaqinroq kel",- dedi. Darhol yaqinroq keldi. yana dediki: "joyinga qayt". Aql joyiga bordi. Alloh taolo unga dedi "sen kimsanu, men kimman?" Aql dedi: "Sen mening parvardigorimsan, men sening ojiz bandangman" Alloh taolo dedi: "Ey aql seni maxluqotlar ichida azizu-mo'tabar qilgum". Undan keyin Nafsni yaratdi va unga dedi: "Yaqinroq kel". Nafs parvo qilmadi va joyidan jilmay yuraverdi. Alloh taolo: "Sen kimsan va men kimman?" - dedi. "Sen sensan va men menman", - deb javob berdi Nafs. Alloh taolo Nafsni Do'zaxda yuz yil yondirib, azobladi va do'zaxdan chiqarib: "men kimman va sen kimsan?", deb so'radi. Nafs yana: "sen sensan men menman", deb javob berdi. shundan keyin Allohu taolo Nafsni ochlik azobiga duchor etib, azobladi va yana so'radi: "men kimmman va sen kimsan " - Nafs dedi:" men sening qulingman, sen meni yaratgan parvardigorimsan". shu sabab bilan Alloh taolo o'ttiz kun ramazon sharif ro'zasini bandalariga farz qildi ("Mushkot")
Ey mo'minlar, Muborak ramazon oyininghurmatini saqlang. O'z tilingizni yolg'onlardan, g'iybatlardan, ig'volardan moxofaza etin, musulmon birodaringgizga nisbatan hasadu adovat qilmang. Tutgan ro'zangiz dargohi ilohiga qabul bo'lishi uchun doimo Hudodan qo'rqib, tavoze va yaxshilik istang. nafsning qulidan bo'lib olishdan hudoni o'zi asrasin Kelayotgan Ramazon oyi muborak ahli mo'minlar !