
Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2009 » Август » 18 » Hikmat
|
Nafs mening q‘ulim, sen esa nafsning qulisan!.
 Hazrati Bahouddin Naqshband (q.s.)dan muridlari bir karomat ko‘rsatishni so‘rashdi. Hazrat o‘rinlaridan turdilar-da, yengil-engil besh-olti qadam yurib, yana joylariga cho‘kdilar. Muridlar hayron bo‘lib qarashdi. Hazrati Naqshband (q.s.) dedilar: -Ikki yelkamda tog‘day-tog‘day gunohlarni ko‘tarib, qushday yengil yurishimning o‘zi karomat emasmi?!
***
Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi: -Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang! -Yo‘q, - debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman. -Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi: -Nafs mening q‘ulim, sen esa nafsning qulisan!.. ***
Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib: -Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi? -Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi. -Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi. Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar: -Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1043 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|