"Navro'z" radiosi boshlovchisi Botirxon Ramazon oyi arafasida savobli ishga qo'l urdi. "Bojalar" guruhining solisti Mo'min Oripovning ruhini shod qilish maqsadida xotira dasturi tayyorlashga kirishgan edi... Dastur deyarli tayyor!
Shu kunlarda dasturning montaj ishlari olib borilmoqda. Mo'min Oripovni yaxshi bilgan yaqin do'stlari va ota-onalari dasturda ishtirok etishgan. Tez orada xotira dasturi qachon efirga uzatilishi aniq bo'ladi. Portalimizni kuzatib borsangiz, barchasiga tez orada javob olasiz.