Tarixni g‘oliblar yozadi. Sevish-bu bir-biriga qarash emas, birgalashib bir tomonga qarashdir.
* * *
Muhabbatni uch karra xizmat ko‘rsatgan o‘g‘ri deyish mumkin. Birinchidan, hech qachon uxlamaydi. Ikkinchidan, favqulotda jasur, hech narsadan qaytmaydi. Uchinchidan, bor-budingni ship-shiydam qilib, tozalab ketadi.
* * * Agar biror qizning kamchiligini bilmoqchi bo‘lsangiz, uni dugonalariga bir maqtab ko‘ring… * * * Inson umri gugurt qutisiga o‘xshaydi, unga jiddiy qarasang-kulgili, jiddiy qaramasang-xavfli. * * * Boshqalar uning xatosidan saboq olishlari uchun kishining adashishi, albatta, shart!
* * *
Asli ayriliqsiz vilsoldir o‘lim
Ildizi qurtlagan toldir tiriklik
* * *
Agar yuzingga tupursalar, qurishini kut Xitoy xalq maqoli * * *
Mehnatni o‘ng qo‘l qiladi, oltin soatni esa chap qo‘l taqadi.
* * *
Eng dahshatli yirtqich quyondir.
* * *
Ovchi kiyikning ko‘ziga qarasa, tepkini bosolmaydi.
* * *
Tishlari to‘kilgan bo‘ri qo‘yni yeyolmaydi.
* * *
Cho‘pon bo‘lsang, ko‘zingni suruvdan, haydovchi bo‘lsang, yo‘ldan ayirma, bo‘lmasa avtomobil halokatga uchraydi.
* * *
“Bu yer meniki”-debdi bir odam. “Yo‘q, meniki”- javob qaytaribdi ikkinchisi.
Yer og‘ir xo‘rsinibdi-da, -”Ikkalang ham menikisan”,- debdi.
* * *
Sevib qolish uchun bir soniya yetadi, ammo unutmoq uchun umr kamlik qiladi…
|