So'nggi paytda mahzun ohangdagi qo'shiqlari bilan ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'lib kelayotgan xonanda Ulug'bek Rahmatullaev otasi uchun qo'shiq kuyladi. Qo'shiqning mavzusidan kelib chiqib ham "Ota" deb nomlanadi. Qo'shiq tayyor! Prem'era kuni ham aniq!
Ulug'bek Rahmatullaevning "Ota" taronasi bu Ulug'bekning otasi bilan o'zaro muloqoti ham ifodalangan. Tarona mahzun ohangda jarang sochib, Oybek Aliev tomonidan yozilgan she'r asosida dunyoga kelgan. Qo'shiqning prem'erasi esa 14 avgust kuni soat 17:30 da FM 105,8 Mhz "Zamin" radiosi orqali bo'lib o'tadi.