So'nggi paytlarda muxlislarimizga manzur bo'layotgan "Oh nimalar" nomli taronamizga klip suratga olinyapti. Klip rejissori mening eng sevimli va doimiy klipmeykerim Rustam Murodov hamda Mirmaqsud Oxunov. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joiz, biz Rustam Murodov bilan ko'p yillardan buyon birgalikda hamkorlik qilib kelmoqdamiz. "Oh nimalar" qo'shig'ining mualliflariga to'xtaladigan bo'lsak, qo'shiq so'zlari Akbarali Mirzaev qalamiga mansub, musiqasi esa Iqbol Muhammadjonov ijodidan.