Medical Research Council olimlari Shotlandiyada yashovchi 1347 ayol va erkaklarni salomatlik alomatini kuzatishdi. Olimlar IQ darajasi inson salomatligi va hayot davomiyligiga ta’sir ko’rsatadimi yo yo’qmi degan savolga javob izlashmoqchi bo’ldi. Buning uchun 1987 yildan 17 yil mobaynida 56 yoshli shotlandiyaliklarni turmush tarzini va salomatligiga ahamiyat yaratishdi. Ular moddiy jihatdan juda nochor ahvolda hayot kechirishgan, kasal va o’lim holati ko’p uchragan. Bu ma’lumotlar shuningdek, IQ o’rtasidagi bog’liqlik inson salomatligiga ta’sir ko’rsatadi. Yuqori intellekt egalari chekishni saviyasi pastlarga nisbatan tez tashlashgan, deya xabar beradi The Tames. Xuddi shu ma’lumotlarni Garvard tibbiyot maktabi olimlari tasdiqlashdi. Ularning aytishicha, bolaning qanchalik aqliy salohiyati yuqori bo’lsa, shuncha uzoq umr ko’rishga imkoniyat yaratiladi. Tibbiyotchilar 862 nafar kishini IQ aqliy salohiyati yoshligida 135 dan yuqori bo’lganlar ustida tadqiqot o’tkazishdi. Bu guruhda intellekt darajasiga qarab o’lim holatlari pasayib borgan. IQ 135 ni tashkil etganlarga nisbatan IQ, darajasi 150 ga yetganlarda vafot etish 44 foizga pasayganligini guvohi bo’lishgan. Umumun, olimlar fikricha, bolaning qanchalik intellekti yuqori bo’lsa, uning ko’p yashashiga imkoniyati bo’ladi.