KLASSIKAGA MUROJAAT QILDI “Netay, jonim”dan so‘ng Hojimurod Bekchanov mumtoz adabiyotimizning o‘lmas xazinasiga murojaat qilib, Boborahim Mashrabning “Mastonalarga” g‘azalini kuyga soldi.
Xonanda nima uchun aynan Mashrab g‘azalidan foydalandi ekan? Bu savolga u shunday javob berdi: “Boborahim Mashrabning g‘azallari ohang-dor, dilga yaqin, xuddi oshiqning nolasiga o‘xshaydi. Menga juda yoqadi”.
Hojimurodning istiqlol bayramiga sovg‘a sifatida kuylangan vatan haqidagi qo‘shig‘i ham tayyor bo‘ldi. Xonandaning muxlislari tez orada yangi taronalardan bahramand bo‘lishlari mumkin.