Rossiya matbuoti xabar berishicha, qo‘shiqchi So‘g‘diyona va xokkey klubi prezidenti Bashir Kushtov yetti oydan beri uchrashib turishadi. Yaqinda ular to‘y kunini belgilashibdi. So‘g‘diyona yozda turmushga chiqishga rozi bo‘libdi. “Yaqindagina boshqa hech qachon turmushga chiqmaymayman, deb o‘ylayotgandim, lekin Bashir meni yana erkaklarga ishonishga majbur qildi. Sobiq erim bilan nihoyat, madaniyatli odamlardek ajrashishni rasmiylashtirganimizdan xursandman. Asosiysi, men o‘g‘lim Arjun bilan ko‘rishish imkoniga ega bo‘laman”, — dedi So‘g‘diyona.