Gulsanam Mamazoitova onalik ta’tili bilan xayrlashib, yana ijod bag‘riga sho‘ng‘idi. Biroq qizchasini ham e’tiborsiz qoldirmayapti. Xonanda “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko‘rik-tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. Uning Toshkentning 2200 yillik yubileyi va tantanalariga atalgan ajoyib sovg‘asi tayyor. Bundan tashqari, Gulsanam 2010 yilda o‘tkazishni rejalashtirgan kontsert dasturiga ham tayyorgarlik ko‘ryapti.