Men bir qizni yonib sevardim. Undan boshqasi ko‘zimga ko‘rinmasdi. Birgina maqsadim, u bilan turmush qurib, birga baxtli bo‘lish edi.
Ota-onam avvaliga unga uylanishimni istamadi. Otasi yo‘qligini bahona qilishdi. Lekin keyin ahdimda qat’iy turganimni ko‘rib, rozi bo‘lishdi. Nihoyat, orzum ushaldi, sevgilimning visoliga erishdim. O‘shanda mendan baxtli odam yo‘q edi dunyoda. Bir yil o‘tib, farzandli bo‘ldik. Rafiqamga muhabbatim yanada kuchaydi. Lekin ko‘p o‘tmay... undan soviy boshlaganimni sezdim. Ilgarigidek uni ko‘rishga talpinmay qo‘ydim. Yoniq muhabbatdan asar ham qolmadi. Sevgim bir qush kabi uchdi-yu, ketdi.
Endi bizni faqat majburiyatlar bog‘lab turgandek...