SESHANBA, 2025.06.24, 14:19
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 29 » JUMA NAMOZINING FAZILATLARI
19:59
JUMA NAMOZINING FAZILATLARI
JUMA NAMOZINING FAZILATLARI 

Juma kuni muborak ayyomdir. Alloh taolo juma kuni bilan islom dinini buyuk qilgan va uni musulmonlarga farz etgan. 

Odam alayhissalom yaratilgan kun jumadir. U shu kuni jannatga kirgan va shu kuni yer yuziga tushgan va juma kuni vafot qilgan. 

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: “Shubhasiz, juma kuni kunlarning muboragi va buyugidir. U Alloh nazdida Qurbon bayrami kunidan ham, Ramazon bayrami kunidan ham buyukdir (afzaldir). “Innal jum’ata hajjul masokiyni vasayyidil ayyami”. — “Albatta, juma kuni miskinlar hajji va kunlarning sayyididir” (Hadis). 

Juma namozini ado etish ozod, sog‘lom, musofir bo‘lmagan musulmonlarga vojibdir. “Ey Imon keltirganlar! Juma kunidagi namoz uchun azon o‘qilgan vaqt darhol zikr etishga shoshiling” (“Juma”,9). 

Juma namozining vaqti peshin namozining vaqti bilan bir xildir. U o‘n rakat bo‘lib, uni o‘qish tartibi quyidagicha: to‘rt rakat sunnat, undan so‘ng ikki rakat farz va undan keyin esa yana to‘rt rakat sunnat namozlari o‘qiladi. Juma namozi ruxsat etilgan jome masjidida jamoa bilan o‘qiladi. Azon aytilganidan so‘ng, juma namozining avvalgi to‘rt rakatlik sunnati o‘qiladi. So‘ngra farz namozi uchun yana azon aytiladi va imom xutba o‘qiydi. Xutbalarni bir-biridan ajratish uchun imom ular o‘rtasida biroz o‘tirib dam oladi. Xutbalardan so‘ng namoz uchun “takbir” aytiladi va namoz o‘qishga shuru’ qilinadi. 

Juma kuni musulmon kishining masjidga erta borishida juda buyuk hikmat bor. Bu amali bilan u Allohning amrini bajo keltirgan bo‘ladi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Kim juma kuni namozga birinchi borsa, bir tuya, ikkinchi borsa, bir sigir, undan so‘ng borsa, bir qo‘chqor, undan so‘ng borsa, bir tovuq so‘ygan hisoblanadi. Juma kuni kim masjidga erta borsa, qiyomatda u Allohni juda yaqin ko‘radi”. Juma kuni cho‘milish sunnat amal hisoblanadi. Kim juma kuni tirnoqlarini olsa, Alloh uning dardini olib, o‘rniga shifo beradi. Muhammad Mustafo (s.a.v.) dedilar: “Juma kunida bir soat borki, har kim unda duo qilsa va Allohdan bir hojatini tilasa, Alloh taolo, albatta, beradi”. 

Bulardan eng afzali va to‘g‘risi — imom minbarga o‘tirib, namoz o‘qiguncha bo‘lgan davrdir. 

Payg‘ambar (s.a.v.) aytibdilarki: “Ey sahobalar, tirnoqlaringizni juma kuni olinglar, xudoyi taolo har bir tirnoqlaringiz uchun yuz daraja ajr berur. Juma namoziga eng yaxshi pok kiyimlarni kiyib bormoq kerak”. 

Juma kuni namozda turgan kishilarning orasidan yorib o‘tilmasligi haqida Rasululloh (s.a.v.) shunday deganlar: “Kimki juma kuni g‘usl qilib, o‘ziga xushbo‘y narsalar sepib, namozga kelsa va safda turganlar orasiga qo‘pollik bilan suqilib kirmasa, imom minbarga chiqib xutba aytayotganda jim turib quloq solsa, behisob savobga ega bo‘ladur”. Rasululloh (s.a.v.) yana shunday deydi: “Juma kunida bir muayyan vaqt bordir. Musulmon bandaning o‘qiyotgan namozi o‘sha vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, o‘sha banda Alloh taolodan so‘ragan narsasini bergay”. 

Kimki har juma kuni juma namozidan so‘ng ota-onasining qabrini, agar ular hayot bo‘lsa, marhum qarindoshlarining qabrini ziyorat qilsa, uning barcha gunohlari kechirilib, yaxshilar qatoridan o‘rin beriladi. Ya’ni, besh vaqt namoz va juma namozi katta gunohlardan boshqa gunohlarning kechirilishiga sabab bo‘lar ekan. Shunday ekan, besh vaqt namozni va juma namozlarini kanda qilmaylik. Namoz o‘qish bilan nafaqat bandalik burchimizni ado etamiz, balki o‘z gunohlarimizni yuvishga ham muyassar bo‘lamiz. Banda gunohdan xoli emas. Bu imkoniyatdan foydalanib qolishimiz lozim. Juma namozi ham xuddi shunday, undan ham ko‘ra kattaroq va kuchliroq imkoniyatdir. Juma namozini o‘qigandan so‘ng keyingi juma kelguncha bo‘lgan davrdagi yuvilmay qolgan gunohlar juma namozi bilan yuviladi. 

Juma namozi hur, ozod, muqim, salomatligi joyida, oyoqlari sog‘ kishiga farzdir. 

Toshpo‘lat hoji AbduraHim o‘g‘li



Категория: ISLOM | Просмотров: 3284 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Июль 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz