
Статистика |
XOZIR SAYTDA 41 MEXMON 41 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2009 » Июль » 22 » SEVGI
|
Sabo sevgidan so‘zlaydi...
 Sevgi sirini sabo-lardan so‘radim. Sabo sekin so‘zladi:
— Sevgi sening so‘zlaringda, sirdosh, sadoqatli sevishganlar saroyidadur. Sevgi seni sehrlasa, sen sev-ganingni siyla. Sevgi saroyida sira sarsonu sargardon so‘nmagin. Sen sehrli saroy sohiba-sidursan, seni sevguvchi sohibning sohib-jamolisan...
Saboning so‘z-lari siynamni sehrladi. Sabo sekin-sekin silkindi-da, so‘zlayverdi:
— Sevgi saroyida sof sevgini so‘ndirguvchilar serob. Sen sevgingga sodiqmisan, seni sira sindirisholmaydi. Sevgi sevgilisiga sadoqatli, sodiqlarni suyadi. Sevgi sinovchan. Sen sevgi sino-vida sindingmi, sevging seni sira suyamaydi. Seni sevgi sahrosida suvsiz-likdan so‘ndirib somon-dayin sarg‘aytiradi. Sevgi seni so‘roqlasa, suyun. Sen sevgini sirayam so‘roqlama. Sevgi so‘roq-laringni suymaydi. Sening sabringni sinaydi. Sen sevdingmi, so‘zsiz sevgi so‘rog‘idasan. Sevgi sinovchan, so‘roqlari sevishganlarni sinab, sabrlarini saralaydi...
Sabo sevgi so‘zlarini samo sar-hadlaridan sarala-ganday samimiy so‘zlardi. Saboning so‘zlaridan sehrlanib, sevgisini sir saqlaydigan sirli sevgiling...
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1819 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|