PAYSHANBA, 2025.07.17, 02:47
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 4
MEXMON 4
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 22 » TEST
16:58
TEST
«BAHSDAGI O`RNINGIZ QANDAY?»


Hayot hamisha notekisliklardan iborat. Biz o‘zimizmi, yaqin do‘stlarimizmi, qiyin ahvolga tushib qolsa, har birimiz turlicha yo‘l tutamiz. Ba’zilar esa bunday holatlarda nima qilishni bilmay, hayron bo‘lib qoladi. Keling, quyidagi test yordamida bahsli, mushkul vaziyatlarda o‘rningiz qaerda ekanini aniqlab oling.

1. Agar do‘stim qiyin ahvolda qolsa:

a) Aralashmaslik uchun o‘zimni chetga olaman (0 ball)

b) Zudlik bilan yordamga kelaman (2 ball)

v) Kimnidir yordamga chaqiraman (1 ball)

2. Agar qandaydir shartnoma tuzishga to‘g‘ri kelsa:

a) Muhim ishlarda boshqalarga ishonishni ma’qul ko‘raman (1 ball)

b) Yozma ravishda tuzaman (2 ball)

v) Shunday qilamanki, keyinchalik majburiyatlardan voz kechish mumkin bo‘lsin (0 ball)

3. Qiyinchiliklar tug‘ilsa:

a) Qiyinchiliklar bilan kurashishdan voz kechaman (0 ball)

b) Bunday lahzalar o‘tib ketishini kutaman (1 ball)

v) Qiyinchiliklar meni kurashga chorlaydi (2 ball)

4. Agar menga kutilmaganda yoqimsiz savol berishsa:

a) Xayolimga kelgan birinchi javobni beraman (0 ball)

b) Uzoq mulohaza qilib, keyin javob beraman (1 ball)

v) Darhol javob beraman va hech qachon xatoga yo‘l qo‘ymayman (2 ball)

5. Odamlar qarshisida so‘zlashga to‘g‘ri kelsa:

a) O‘zimni yo‘qotib qo‘yaman (0 ball)

b) Sira qo‘rqmasdan so‘zlayman (1 ball)

v) Maza qilaman (2 ball)

6. Agar bahs davomida nohaqligimni sezsam:

a) Shu zahoti xatoimni tuzataman (2 ball)

b) Nohaqligimni bilib tursam-da, baribir, o‘z fikrimda turib olaman (0 ball)

v) Bahslashishni bas qilaman (1 ball)

7. Fikrimcha, haqiqatni yoqlash:

a) Juda qiyin. Hammasi vaziyatga bog‘liq (0 ball)

b) Agar nafi tegsa, yoqlash kerak deb hisoblayman (1 ball)

v) Qiziq va juda muhim (2 ball)

8. O‘z fikrini ma’qullayotgan do‘stim bilan bahslashganimda:

a) Odatda o‘z fikrimni singdirish hamisha menga nasib etadi (2 ball)

b) Ikkalamiz ham o‘z fikrimizda qolaveramiz (1 ball)

v) U meni o‘zi haqligiga ishontiradi (0 ball)

9. Agar do‘stlarimdan kimdir noto‘g‘ri narsani muhokama qilayotgan bo‘lsa:

a) Ochiqchasiga qarshilik bildiraman (2 ball)

b) Uni qo‘llab-quvvatlayman-u, ammo nohaqligini bilaman (0 ball)

v) Bahslashishdan o‘zimni tiyaman (1 ball)

10. O‘zim uchun zarur bo‘lgan manzillar va telefon raqamlarni:

a) Yozib olib yurmayman. Chunki, ularni kerak bo‘lganda qanday topishni bilaman (1 ball)

b) Cho‘ntak daftarchamga yozib boraman (2 ball)

v) Xotiramda saqlab qolaman (0 ball)

11. Agar kim bilandir tanishgan bo‘lsam, birinchi uchrashgandayoq:

a) Uni darhol taniyman (2 ball)

b) Ismini eslayolmay qiynalaman (1 ball)

v) Qaerda uchrashganman, deb o‘ylab qolaman (0 ball)

12. O‘ta jonli bahslardan so‘ng:

a) Suhbatdoshimning har bir so‘zini eslab qolaman (2 ball)

b) Esdan chiqaraman va bu faqat yaxshilikka (0 ball)

v) Eng asosiylarini eslab qolaman (1 ball)

13. Odatda bahsga quyidagi hollarda kirishaman:

a) O‘zim himoya qilayotgan odamdan qandaydir naf ko‘rish uchun (0 ball)

b) Atrofdagilarni hayron qoldirish uchun (1 ball)

v) Yordamga muhtoj odamni himoya qilish uchun (2 ball)

14. Bahs o‘ta jiddiylasha boshlasa:

a) Jahlim chiqadi (0 ball)

b) O‘zimni xotirjam tutaman (2 ball)

v) Suhbatdoshdan baland kelish yo‘llarini qidiraman (1 ball)

NATIJALAR:

26 ball va undan yuqori. Siz haqiqat uchun kurasha oladigan haqiqiy jangchisiz. Bundan tashqari, ishda ham havas qilsa arzigulik jihatlaringiz bor. Bu jihatlar uzoq vaqt bahslashib o‘tirmay, darhol maqsadga o‘tishingizda ko‘rinadi.

11 dan 26 ballgacha. Sizni aldanganlarning himoyachisi, desa bo‘ladi. Lekin har doim ham omadingiz chopavermaydi. Shunday vaziyatlarda haqiqatga erishish uchun kimlardandir yordam qidira boshlaysiz.

11 balldan kam. Hayotda janjalli, bahsli holatlardan qochib yashaysiz. Negaki, bahsda yutqazib qo‘yishingiz muqarrarligini juda yaxshi bilasiz.



Категория: Тесты | Просмотров: 1564 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Июль 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz