Men bir yigitni yoqtirardim. Uning qo‘shnisi yomon ko‘rgani uchun men haqimda unga har xil bo‘lmag‘ur gaplarni aytibdi. Shundan so‘ng u men bilan gaplashmay qo‘ydi. To‘rt oydan beri shu ahvol. Uni sira unutolmayman. Har doim qo‘ng‘iroq qilib turaman, ammo bir og‘iz so‘z aytishga botinolmayman. Ovozini eshitish ham menga quvonch bag‘ishlaydi. Har kuni kollejda bir-birimizga duch kelamiz, lekin begonalardek indamay o‘tib ketamiz. Jamshid aka, men haqimdagi yolg‘onlarga ishonmang. Men sizdan boshqani tasavvur qilolmayman. Yo‘llarimiz tutashishini Yaratgandan yolvorib so‘rayman. Nargiza