SESHANBA, 2025.07.15, 23:32
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 7
MEXMON 7
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 20 » TEST
17:41
TEST
«MUAMMOINGIZNI O‘ZINGIZ HAL ETA OLASIZMI?»



Dunyoda turlicha odamlar bor. Kimdir o‘z muammosi, tashvishlarini o‘zi mustaqil hal etadi. Kimdir shunday lahzalarda tanish-bilishlarning etagidan tutishni lozim topadi. Xo‘sh, siz-chi? Ushbu test yordamida qanday odamlar toifasidan ekaningizni aniqlab oling.

1. Muammolaringiz haqida kimlargadir gapirib berasizmi?

a) yo‘q, bu muammoni yechishga yordam bermaydi (3 ball)

b) ha, agar ko‘ngimga yaqin odam bo‘lsa (1 ball)

v) har doim ham emas. Hammaning ham tashvishi o‘ziga yetib ortadi (2 ball)

2. Ko‘ngilsizlikka uchrasangiz, qattiq qayg‘uga botasizmi?

a) ha (4 ball)

b) vaziyatga bog‘liq (0 ball)

v) sabr qilaman. Axir ertami-kechmi har qanday ko‘ngilsizlik barham topadi (1 ball)

3. Nimadandir qattiq jahlingiz chiqsa, nima qilasiz?

a) anchadan beri o‘zim orzu qilgan ish bilan shug‘ullanib chalg‘iyman (0 ball)

b) do‘stlarimnikiga jo‘nayman (2 ball)

v) ich-etimni yeb uyda o‘tiraman (4 ball)

4. Yaqin kishingiz sizni xafa qilsa, qanday yo‘l tutasiz?

a) xonamga kirib boshimni yostiq bilan yopaman-u, yotaveraman (3 ball)

b) sababini surishtiraman (0 ball)

v) kim menga achinishini bilsam, o‘shalarga hasratimni to‘kib solaman (1 ball)

5. Bir daqiqalik baxtga erishsangiz...

a) baxtsizlik haqida o‘ylamayman (1 ball)

b) baxt bir daqiqadan o‘tishi muqarrarligini bilganim uchun qattiq hayajonga tushaman (3 ball)

v) hayotda ko‘ngilsizliklar ham oz emasligi haqida o‘ylayman (5 ball)

6. Psixiatrlarga qanday munosabatdasiz?

a) ularga mijoz bo‘lishni xohlamagan bo‘lardim (4 ball)

b) ko‘pchilikka ular yordam bera olishadi (2 ball)

v) ruhiy holatini odamning o‘zi ham to‘g‘ri yo‘lga sola oladi (3 ball)

7. Taqdir sizning fikringizcha...

a) bizni doimiy sinovdan o‘tkazadi (5 ball)

b) bizga nisbatan adolatsiz (2 ball)

v) u bizni qo‘llab-quvvatlaydi (1 ball)

8. Yaqin kishingiz bilan janjallashib qoldingiz-u, jahldan tushgach, nima haqida o‘ylaysiz?

a) qachonlardir birga o‘tkazgan yaxshi kunlar haqida (1 ball)

b) ich-ichdan qasd olish haqida o‘ylayman (2 ball)

v) qachonlardan beri uning xurmacha qiliqlariga chidab kelayotganim haqida (3 ball)

NATIJALAR:

7 dan 15 ballgacha.

Siz ko‘ngilsizlik, baxtsizlik, falokatlarga bosiqlik bilan yondasha olasiz. Shu jihatingiz yaxshiki, o‘zingizni ayab o‘tirmaysiz. Baxtsizliklar qarshisida bosh egishni juda yomon ko‘rasiz. Qalbingiz har qanday odam havas qilsa arziydigan darajada ochiq va toza. O‘ylaymizki, yostiqdoshingiz buni keraklicha baholay oladi va u siz bilan birga o‘zini xotirjam tutadi.


16 dan 26 ballgacha.

Siz taqdiringizdan tez-tez nolib turasiz. Boshingizga qandaydir ish tushib qolsa, boshqalarga ag‘darasiz. Ularni sababchi qilib ko‘rsatishga odatlangansiz. Sizni darhol kimdir yupatishi, sizga achinib dalda berishi lozim. Busiz tinchlana olmaysiz. Axir, o‘zingizni qo‘lga olishga o‘rgansangiz bo‘ladi-ku! Ha, turmush o‘rtog‘ingizga ham bu odatingiz yoqmasligi aniq. Balki bir kun kelib, joniga ham tegar. O‘ylab ko‘ring.

27 dan 36 ballgacha.

Boshingizga tushgan tashvishlarni mustaqil bartaraf eta bilmaysiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, boshingizga tez-tez tashvish tushib turadi. Axir “Tashvish tashvish keltiradi”, deb bekorga aytishmagan. Yo‘q, bu sizning boshqalar bilan munosabatlaringizga qattiq ta’sir etishi mumkin. Ich-etingizni yeb yotgandan ko‘ra muammoning yechimini izlang. O‘ylab ko‘ring, muammolar faqatgina sizni ta’qib etmaydi. Har bir tirik jonzotning boshida bor. Shunday ekan, har birimiz ularga qarshi kurash choralarini topa bilsak, hayotimiz shuncha yengil va xotirjam kechadi.





Категория: Тесты | Просмотров: 1478 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Июль 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz