SESHANBA, 2025.07.15, 23:08
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ШОУ-Бизнес
SMS YUBORISH
QIZIQARLI
MP3 KO`CHIRISH
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
Веб-Мастер
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QO`SHIQ MATNI
IZOHLAR VA SMSLAR
SEVGI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
ISLOM
TANLOV
Психология
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Июль » 20 » GO'ZAL AXLOQLI BO'LING
17:22
GO'ZAL AXLOQLI BO'LING
GO'ZAL AXLOQLI BO'LING


Bir odam Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: “Go‘zal axloq nima?” deb so‘radi. Rasululloh (s.a.v.) “(Ey, Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!” mazmunidagi oyatni o‘qib, so‘ng buyurdilar: “Go‘zal axloq sen bilan qarindoshlik rishtalarini uzganlarga kengroq va rahm-shafqatliroq bo‘lishing, sendan yaxshilikni ayaganlarga yaxshilik qilishing va senga zulm o‘tkazganlarni afv etishingdir!”

Chiroyli xulq egasi bo‘lish imkoniyati har bir bandaga berilgan. Biroq har birimiz ham bu imkoniyatdan foydalana olmas ekanmiz. Nafs, ta’ma, ochko‘zlik, bir so‘z bilan aytganda, shaytoniy xayollar bizni go‘zal axloqdan yiroqlashtirib qo‘yarkan. Ammo, roviylarning bayon etishlaricha, qiyomat kuni amallar tarozida tortilganda eng og‘ir tosh bosadigani Ollohdan qo‘rquv va go‘zal axloqdir.

Bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ga old tarafdan bir odam kelib: “Ey, Ollohning Rasuli, din nima?” deb so‘radi. Rasululloh: “Go‘zal axloq!” deb javob berdilar. So‘ngra u kishi o‘ng tomonlariga o‘tib so‘radi: “Ey, Ollohning Rasuli, din nima?” Rasululloh yana: “Go‘zal axloq!” deb javob berdilar. U odam Rasulullohning so‘l tomonlariga o‘tib, yana: “Ey, Ollohning Rasuli, din nima?” dedi. Rasululloh: “G‘azablanmaslik! Tushundingmi?” deb javob berdilar.

E’tibor bering, agar bizdan birov biror narsani ikki-uch qayta so‘rasa, g‘azablanib ketamiz. Muhammad (s.a.v.) esa g‘azabdan o‘zlarini tiyib, javob berdilar. Demak, birovga jahl qilmaslik ham go‘zal axloqning fazilati sanaladi.

Bir odam Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga kelib:

— Ey, Ollohning Rasuli, menga o‘git bering! — dedi. Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:

— Qaerda bo‘lsang ham Ollohdan qo‘rq!

— Yana ayting! — dedi u odam.

— Yomonlikdan keyin shunday bir yaxshilik qilki, bu yaxshilik yomonlikning izini yuvib ketsin.

— Yana ayting!

— Odamlarga chiroyli muomala qil, — deb marhamat qildilar Payg‘ambar (s.a.v.).

Ashobi Kirom sevikli Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan so‘radilar:

— Yo, Rasululloh! Bizning mahallada bir xotin bor. Kunduzlari ro‘za tutadi, kechalari uyg‘oq, ibodat qiladi. Faqat qo‘shnilari bilan yaxshi muomalada emas. Ularga xunuk gaplar gapiradi. Bu ayol haqida nima deysiz?

Rasuli Akram (s.a.v.):

— Ul xotinda hech ezgulik yo‘q. U jahannamga borguvchidir. Haqiqiy musulmon ul kishidirki, uning qo‘lidan, tilidan hech kim jabr ko‘rmaydi, — deb marhamat qildilar.

Birovni qarg‘amaslik, ozor bermaslik lozim. Kimdadir savol tug‘ilishi mumkin: “Nohaqlik qilgan bo‘lsa hammi?” Go‘zal axloq egasi Ollohning marhamatiga ishonadi. Unga kim yomonlik qilsa, mehribon Tangri uni jazolashini ham biladi. Shu bois yomonlik qilgan kimsaga nisbatan adovat, gina saqlamaydi.

Muhammad (s.a.v.) dedilar:

— Qiyomat kuni amallar tortilganda taroziga birinchi qo‘yiladigan narsa go‘zal axloq va jo‘mardlik (saxovat)dir.

Olloh imonni yaratganda, u shunday degandi: “Ollohim, meni quvvat bilan ta’minla!” Shunda Olloh uni go‘zal axloq va jo‘mardlik bilan ta’minladi. Olloh kufrni yaratganda, u ham shunday degandi: “Ollohim, meni quvvat bilan ta’minla!” Shunda Olloh uni yomon axloq va xasislik bilan ta’minlagandi.

Demak, xasis va yomon axloq egasi Ollohga kufr keltirgan bilan barobardir.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) duo o‘qiganda shunday der edilar: “Ollohim, meni go‘zal qilib yaratganing kabi fe’lu atvorimni ham go‘zal qil. Ollohim, men Sendan tansihatlik, xotirjamlik va go‘zal axloq tilayman!”

Biz sizga go‘zal axloq egalari uchun ikki dunyo ham saodatli bo‘lishini ta’kidlamoqchimiz, xolos. Zero, xalqimiz “Shirin so‘zga ilon inidan chiqar” degan hikmatni bejiz aytmagan. Bir-birimizga oqibatli, shirinsuxan bo‘lishni nasib etsin.

HADISLAR

Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:

“Sen insonsan, Olloh seni go‘zal qilib yaratdi. Sen ham axloqingni go‘zallashtir”.

* * *

“Bandasiga ato etilgan eng yaxshi xususiyat — go‘zal axloqdir”.

* * *

“Sizlarninig orangizda men ko‘proq yaxshi ko‘radigan kishilarim va qiyomat kuni davramga eng yaqin bo‘lajak odamlarim axloqan eng go‘zal bo‘lgan kimsalardir”.

* * *

“Siz mollaringiz bilan insonlarni huzur-halovatga yetkaza olmaysiz. Ularga ochiq chehra, kular yuz va go‘zal axloq bilan huzur-halovat yetkazasiz”.

* * *

“Sirka asalni buzganiday, yomon axloq ham amallarni buzadi”.






Категория: ISLOM | Просмотров: 1709 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 4.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Июль 2009  »
    Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      12345
    6789101112
    13141516171819
    20212223242526
    2728293031
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz