
Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
 | |  |
| Главная » 2009 » Июль » 19 » Turmushga chiqib, baxtlidek edim..
17:35 Turmushga chiqib, baxtlidek edim.. |
Turmushga chiqib, baxtlidek edim
 Turmushga chiqib, baxtlidek edim. Chunki turmush o'rtog'imni to'ydan so'ng qattiq sevib qolgandim. Erim harbiy ofitser bo'lib ishlar, ishi ko'p bo'lgani sababli uyga haftada bir marta kelardi. To'yimizdan besh oy o'tsa ham hali bo'yimda bo'lmadi. Bu orada esa erim uyga juda kam keladigan odat chiqardi. Uni rosa sog'inardim. Mehnat ta'tiliga chiqqanini eshitganimda esa xursandligimdan boshim ko'kka yetdi. Endi birga bo'lsak kerak, deb o'ylasam, bu o'ylarim puchga chiqdi. Turmush o'rtog'im qattiq betob bo'lib qoldi. Nuqul ko'ngli aynib, boshi og'riyverardi. Folbinga borsa, u: "Seni bir ayol issiq-sovuq qilib olgan, ota-onangdan va yaqinlaringdan sovutib, o'ziga qaratmoqchi", deb, og'zidan allaqanday yelim xaltachaga o'ralgan narsani chiqarib ko'rsatibdi. Erim: "Folbin aytgan ayol sensan, sen meni hammadan sovutmoqchisan", deya tuhmat qila boshladi. Hatto qaynota-qaynonam ham mening gaplarimga ishonmay qo'ydi. Go'yoki erimni men kasal qilgan emishman. Tuhmat toshlari ko'paygandan ko'payaverdi va oxiri ajrashdik. Erim meni qanchalik yomon ko'rmasin, ammo uni hali ham qattiq sevaman. Axir, ayol kishining o'z eriga mehr qo'yishi ayb bo'lmasa kerak. Xudodan unga insof tilayman.
Abdulaziz aka, balki siz meni butunlay unutgandirsiz, lekin bilib qo'ying, sizning ismingiz bir umr yuragimning tubida muqaddas bo'lib qoladi.
Iroda
|
Категория: SEVGI |
Просмотров: 1572 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 4.7/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|

|