Men bir yigit bilan tanishdim. Juda kelishgan yigit. Lekin uning hayoti, o‘tmishi ham o‘zidek bo‘lganida edi... O‘zining aytishicha, u hayotda juda ko‘p narsani ko‘rgan, odamlarga yaxshilik ham, yomonlik ham qilgan.
Halol mehnat qilib pul topadi va o‘sha halol pullariga menga uylanish niyatida. Ammo ota-onam meni u yigitga berishga rozi bo‘lishmaydi, deb qo‘rqaman. Unga xavotirimni bildirsam, “Qochib ketamiz, keyin ota-onang rozi bo‘ladi”, deydi. Lekin men ota-onamning yuziga oyoq qo‘yib, qanday qochib ketishim mumkin? Usiz ham yasholmayman.
Nima qilishga hayronman. Menga maslahat beringlar.