AquaDom, dunyodagi eng katta tsilindrik akvaryum 
Berlindagi Radisson SAS otelining vestibyulida qurilgan 25 metr balandlikdagi AquaDom bugungacha qurilgan akvaryumlar orasidagi eng katta tsilindrik akvaryumdir.
Tahminan 900 000 litr dengiz suvi to’ldirilgan bo’lib, bu akvaryumda 56 turdagi 2600 atrofida baliq mavjud.

Otelning ba’zi honalari derazalari bu akvaryumga qarata qurilgan bo’lib, bu yerda qolgan mijozga dengiz manzarasi hissiyoti tug’diradi.

Qurilishi va konstruktsiyasi 
AquaDom 2003 yil Dekabr oyida ochilgan. Qurish uchun sarflangan mablag’ tahminan 12,8 million euro. Akvaryum ishlangan akrilik oyna amerikalik Reynolds Polymer Technology firmasi tomonidan ishlangan. Akvaryumning tashqi tomoni 4 parchadan iborat bo’lib, ichki tomondan lift uchun ishlangan qismi yahlit bir parcha shaklidadir. AquaDom diametri 11 metr, va asosi 9 metr bo’lgan dunyodagi eng katta akvaryumdir. 


|